So’nggi yangiliklar

07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  0 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  4 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29

⚡️ KARIM MUSTAFO BENZEMA – 2022 YILGI “OLTIN TO'P” SOHIBI!!! Yangiliklar

⚡️ KARIM MUSTAFO BENZEMA – 2022 YILGI “OLTIN TO'P” SOHIBI!!!

Teglar :  Oltin to'p-2022
Bugun, Parijda “Oltin to'p”ni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Soat 23:30 da asosiy tantanali marosim boshlanadi, unda eng kuchli 10 nafar davogar va "Oltin to'p" sohibi hamda marosimning boshqa sovrinlari malum qilindi.

SHuningdek, bugun ayollar "Oltin to'p"i, eng yaxshi darvozabon uchun "Lev Yashin" mukofoti, eng yaxshi hujumchi uchun "Gerd Myuller" mukofoti, eng yaxshi yosh futbolchi uchun "Kopa Trophy", eng yaxshi klub mukofoti, shuningdek, "chempionlar tomonidan amalga oshirilgan birdamlikning eng yaxshi harakatlari uchun" Sokrates nomidagi sovrin topshirildi. 

Bu yil "Oltin to'p" birinchi marta kalendar yilida emas, balki bir mavsumdagi ko'rsatkichlar natijalariga ko'ra topshirildi.

MATNLI TRANSLYACIYA YAKUNLANDI

Yakuniy beshlik:

Rasman: Karim Benzema – 2022 yilgi “Oltin to'p” sovrini sohibi!!! Unga sovrinni "Real" afsonasi Zinedin Zidan toshirdi!

Undan oldin esa “Manchester Siti” yilning eng yaxshi klubi sifatida tan olindi;

Asosiy nominaciyadagi g'olibni aniqlash qoldi. Menimcha, sovrin kimga nasib etishini hamma bilib turibdi) Top-5 ketma-ketligi tez orada elon qilinadi...

"Lev Yashin" sovrini uchun davogarlarning yakuniy ro'yxati;

“Real” bilan yorqin mavsum o'tkazgan Tibo Kurtua eng yaxshi darvozabon sifatida “Lev Yashin” nomidagi mukofot sohibiga aylandi;

“Oltin to'p-2022” davogarlar ro'yxatida Tibo Kurtua ettinchi, Kilian Mbappe oltinchi, Muhammad Saloh esa beshinchi o'rinni egalladi;

Yozda “Bavariya”dan “Barselona”ga ko'chib o'tgan Robert Levandovskiga mavsumning eng yaxshi to'purari sifatida “Gerd Myuller” nomidagi sovrin topshirildi;

Ayollar "Oltin to'p"i davogarlar o'nligi ham aniq;

"Barselona" azosi Aleksiya Putelyas qatorasiga ikkinchi yil ayollar futbolida eng zo'riga aylandi;

Sadio Manega "chempionlar tomonidan amalga oshirilgan birdamlikning eng yaxshi harakatlari uchun" Sokrates nomidagi sovrin topshirildi. U mazkur nominaciyadagi birinchi g'olibga aylandi;

“Oltin to'p-2022” davogarlar ro'yxatida Erling Xoland o'ninchi, Luka Modrich to'qqizinchi, Vinisius Junior esa sakkizinchi o'rinni egalladi;

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi eng yaxshi yosh futbolchi sifatida "Kopa Trophy" sovrini egasiga aylandi. Unga sovrinni jamoadoshi Pedri topshirdi;

23:30, Mehmonlar kelishda davom etmoqda. "Oltin to'p"ning hisob bo'yicha 66-marosimi rasman start oldi va tez orada g'oliblarni bilib olamiz!

Top-10'ga kiradigan futbolchilar:

Karim Benzema («Real», Franciya)

Robert Levandovski («Barselona» / «Bavariya», Polsha)

Sadio Mane («Bavariya» / «Liverpul», Senegal)

Tibo Kurtua («Real», Belgiya)

Muhammad Saloh («Liverpul», Misr)

Vinisius Junior («Real», Braziliya)

Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya)

Luka Modrich («Real», Xorvatiya)

Erling Xoland («Manchester Siti» / «Borussiya» Dortmund, Norvegiya)

Kilian Mbappe («PSJ», Franciya)

Yil futbolchisi ro'yxatida top-10 dan pastki pog'onani egallagan futbolchilar:

11-o'rin. Son Xyon Min («Tottenxem», J.Koreya);

12. Riyad Maxrez («Manchester Siti», Jazoir);

13. Sebastyan Aller («Borussiya» Dortmund / «Ayaks», Kot-d′Ivuar);

14-15. Rafael Leau («Milan», Portugaliya), Fabino («Liverpul», Braziliya);

16. Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya);

17-19. Luis Dias («Liverpul», Kolumbiya), Kazemiro («Manchester Yunayted» / «Real», Braziliya), Dushan Vlaxovich («Yuventus», Serbiya);

20. Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», Portugaliya);

21. Xarri Keyn («Tottenxem», Angliya);

22-24. Trent Aleksander-Arnold («Liverpulb», Angliya), Filip Foden («Manchester Siti», Angliya), Bernardu Silva («Manchester Siti», Portugaliya);

25-30. Joau Kanselu («Manchester Siti», Portugaliya), Darvin Nunes («Liverpul» / «Benfika», Urugvay), Antonio Ryudiger («Real» / «CHelsi», Germaniya), Kristofer Nkunku («Leypcig», Franciya), Yozua Kimmix («Bavariya», Germaniya), Mayk Menyan («Milan», Franciya).

⚡️ “Oltin to'p-2022”. Ronaldu 20-o'rinda va qolgan pog'onalardagi futbolchilar ham elon qilinmoqda

⚡️ Mane – 1995 yildan beri ilk bor “Oltin to'p” uchun ro'yxatda kuchli uchlikdan joy olgan birinchi afrikalik

⚡️ “Oltin to'p”. Son Xyon Min osiyolik futbolchilar ichida rekord qo'ydi  

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика