So’nggi yangiliklar

15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4

Oltin, kumush, bronza – barcha medallarning egalari deyarli malum Yangiliklar

Oltin, kumush, bronza – barcha medallarning egalari deyarli malum

Mo'jiza yuz bermasa “Metallurg” oltinga, “Sevinch” kumushga, “Bunyodkor” esa bronza medallariga sazovor bo'ladi.

Ayollar chempionati qizg'in pallaga kirdi. 13 yildan buyon faqat chempionlik uchun kurashgan, orada 2005 yilni (bronza medal) inobatga olmaganda har mavsum bosh maqsadiga erishib kelgan Qarshining “Sevinch” klubi bu yil oltin medallardan “quruq” qoldi. Bunga sabab klub muassislarining moliyaviy etiborlari biroz susaygani uchun jamoaning asosiy tarkib o'yinchilari boshqa klublarga o'tib ketganligini avvalgi xabarlarimizda bayon etgan edik.

Deyarli butun tarkib tarqalib ketgan bo'lsa-da, jamoa o'rinbosarlari evaziga o'z ananalariga sodiq qolgan holda medallar uchun kurashni to'xtatmadi. To'g'ri, “Sevinch”ning to'rt-besh yildan buyon chempionlikni “tatib” ko'rish uchun astoydil harakat qilayotgan va bu maqsadda har tomonlama tayyorgarlikka ega “Metallurg” “to'sig'idan” o'tib bo'lmasligi oldindan ayon edi. SHunday bo'ldi ham. CHempionatning har ikkala o'yinida ham bekobodliklarning jiddiy qarshiligiga duch kelgan qarshiliklar mavsum boshida kutilmaganda “SHo'rtan”ga ham yutqazib qo'yganliklari hammasidan oshib tushdi. Bu mag'lubiyat Vladislav Xan shogirdlari uchun oltin medaldan umidni uzish, endi faqat kumush medal uchun kurashish lozimligini taqozo etardi. Biroq kumush medal ham omonat ekanligi xavotirga solardi. Sababi, poytaxtda ham paydo bo'lgan edi davogar  jamoa – “Bunyodkor”.


Ikki-uch yil avval peshqadam jamoalar uchun raqib o'rnida ko'rilmagan “qaldirg'ochlar” shu yillar davomida “uchishni”, uchganda ham ko'klarga parvoz qilishni o'rgandi. Navfal Boboev avvaliga mahalliy shogirdlari bilan texnik va taktik tayyorgarliklarga etibor qaratdi. Bu mavsumdan esa “Sevinch”ning o'zidan Olga Qahhorova, Mariya Moiseeva, Luiza Toshmetova, Aziza Ermatova, Ezoza SHaripova singari mohir darvozabon va o'yinchilarni, “Metallurg”ning esa  etakchisi Nargiza Abdurasulovani  o'z tarkibiga qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi. Qarabsizki jamoa ham medallardan biriga davo qilib turibdi. Ayni paytda “Sevinch” 18 va 19-turlardagi ikki o'yinni o'tkazgani evaziga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni mustahkamlab olgan. Biroq “Bunyodkor”ning ikki o'yin kam o'tkazganini inobatga olsak yakunda etib olishi ham hech gap emas. Etiborligi, etib olganda ham “Sevinch”ni “xatlab” yuqoriga o'tib keta olmaydi. Sababi, chempionatdagi “Sevinch”ga qarshi har ikkala uchrashuvda ham qarshiliklarning qo'li baland kelgan. O'tgan kuni “Bunyodkor” maydonida kechgan 16-tur doirasidagi mazkur jamoalarning o'zaro o'yinida ham maydon egalari niyatlariga erisha olishmadi. Vaholanki, ikkinchi bo'lim o'rtalarida “Sevinch”ning bir o'yinchisi hakam tomonidan ikkinchi ogohlantirish tufayli maydondan chetlashtirilgandi ham.

“Bunyodkor” navbatdagi turda, 18 oktyabr kuni Bekobodda turnir peshqadami  “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar kumush medalga intilishning imkoni yo'q, sababini yuqorida aytdik. SHu ko'yi nazariy jihatdan barcha medallar o'z egalariga “taqsimlanib” bo'ldi. Amaliy jihatdan esa “buni futbol deydilar, har balo bo'lishi mumkin”, demoqchimisiz? Bu maqolni erkaklar futboliga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqroq, ayollar futbolida esa ko'p bashoratlar yakunda to'g'ri chiqishiga xo'p guvoh bo'lganmiz.  

CHempionatni kim tark etishi yoki birinchi ligadan kimlarning oliy ligaga chiqishi bo'yicha esa hozircha hech gap yo'q. Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 dekabrdagi ayollar futbolini rivojlantirish borasidagi yig'ilishi bayonnomasida mamlakat chempionati oliy liga ishtirokchilari klublari qoshida ayollar futbol klubi ham tashkil etilishi va ayollar chempionati oliy ligasida qatnashishi ko'rsatilgan edi. Unga ko'ra, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Dinamo” jamoalari qoshidagi ayollar klublari ham ayollar chempionatining oliy ligasida to'p surishlari lozim edi. Ammo mazkur klublar ayni paytda kamxarj yo'lini tanlab birinchi ligada faoliyat ko'rsatishmoqda. SHunday ekan, ayollar chempionatining oliy va birinchi ligasida aynan qanday jamoalar ishtirok etishi lozim degan savolga huquqiy tomondan javoblar yo'q...


16-tur
“Lokomotiv” – “SHo'rtan” – 0:4
“Bunyodkor” – “Sevinch” – 1:2
“Qizilqum-Guli” – “Neftchi” – 1:2
“Buxoro” – “Metallurg” – 0:10
“Mashal” – “Olmaliq” – 0:4


To'purarlar:
L.Karachik (“Metallurg”) – 37
N.Qudratova (“Sevinch”) – 30
L.Norbekova (“Bunyodkor”) - 25
17-tur
16 oktyabr

“Olmaliq” – “Lokomotiv”
17 oktyabr
“SHo'rtan” – “Qizilqum-Guli”
18 oktyabr
“Metallurg” – “Bunyodkor”
19 oktyabr
“Neftchi” – “Mashal”
“Andijanka” – “Buxoro”   


Oybek Yunusov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика