Olmo umid qilishda davom etadi
02 jan 2025 22:55
Yangiliklar
Olmo umid qilishda davom etadi
Oldinroq rasmiy ravishda "Barselona" Dani Olmo hamda Pau Viktorlarni ikkinchi davra uchun LaLigada ro'yxatdan o'tkaza olmasligi malum qilingandi. "Marca" malumotiga ko'ra, Olmo hali hamon ruxsat berishini kutmoqda. U klub prezidenti Joan Laportaning bergan vadasini ustidan chiqishga umid bildiryapti.
Manbalarning yozishicha, bu ish bo'yicha ertangi kun eng muhimi hisoblanadi. Klubdagilar "Kamp-Nou"ning VIP-lojalaridan tushadigan foyda hujjatlarini vaqtida taqdim qilgan deb hisoblaydi. Bu boradagi pullar juma kuni klub hisob raqamiga kelib tushadi.
Olmoning o'zi esa hali kelajagini aniqlashtirib olganicha yo'q, u LaLigada ro'yxatdan o'ta olmasa, nima qilishi kerakligini bilmaydi. Futbolchining agentlari mijozini boshqa jamoaga ijaraga berish yo'llarini qidirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar