“Olmaliq”dan mavsumoldi tadbir (fotogalereya)
12 mar 2014 13:23
Yangiliklar

“Olmaliq”dan mavsumoldi tadbir (fotogalereya)
Bugun “O'zbekiston” mehmonxonasining anjumanlar zalida “Olmaliq” jamoasining mavsumoldi tayyorgarligiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda “Olmaliq” jamoasi boshlig'i Botir Mirzaev hamda bosh murabbiy Igor SHkvirin jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
Botir Mirzaev: - Mavsumga tayyorgarlik jarayonidan qo'nglimiz to'ldi. Bu yil jamoamiz o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Nasib qilsa, o'z o'yinimiz bilan olmaliqlik muxlislarni xursand qilamiz.
- Yangi stadion haqida malumot berib o'tsangiz?
- Oliy liganing ilk uchrashuvini Olmaliqdagi yangi stadionda o'tkazamiz. Barchangizni shu o'yinga taklif qilib qolaman. Maydon yaxshi holatda. Maydon chimining 70 foizi tabiiy, 30 foizi suniy.
Igor SHkvirin: - “Olmaliq” bu yil o'z tarixida birinchi marta xorijda yig'in o'tkazdi. Biz u erda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan davlatlar klublariga qarshi maydonga tushdik. Umuman olganda, yig'in va jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi.
- Turkiya yig'ini haqida nima deya olasiz?
- U erda yaxshi yig'in tashkil qilish barcha sharoit mavjud. Eng avvalo tabiiy maydonlar bor. Bizda mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlari ko'pincha suniy maydonda o'tkaziladi. U erda esa tabiiy maydonlarda to'p surdik va bu narsa futbolchilarga ham maqul keldi. Qolaversa, sparring raqiblar ham birmuncha kuchliroq bo'ldi.
- Bu yilgi vazifalar qanday?
- Kuchli beshlikka kirishni maqsad qilganmiz. Lekin biz uchun eng muhimi muayyan o'yin uslubiga ega bo'lish.
Savol jamoa boshlig'i Botir Mirzaevga: - “Olmaliq” bu yil “Joma”liboslaridan foydalanadi. Nega aynan shu firma tanlandi?
- CHunki “Joma” bizga har tomonlama maqul keldi. Biz ancha sifatli formalarni sotib oldik. Futbolchilarga ham yoqdi.
- Mavsumning ochilish o'yiniga jurnalistlar uchun Toshkentdan Olmaliqqa transport hal qilib berishning iloji bormi?
- Bu masalani o'ylab ko'ramiz. Menimcha, buni uddalay olamiz.
- Klub qoshida faoliyat olib borayotgan futbol maktabining bugungi holati haqida nima deya olasiz?
- Futbol maktabimizning bugungi faoliyati bizni sira qoniqtirmayapti. Albatta, biz ham tarkibda ko'proq o'z tarbiyalanuvchilarimiz bo'lishini xohlaymiz. Buning uchun avvalo maktab yaxshi ishlashi kerak.
Savol jamoa bosh murabbiyi Igor SHkviringa: - “Olmaliq”ning bu yilgi selekciya siyosati haqida gapirib bersangiz?
- Ikki nafar legionerni qo'shib oldik. Serbiyalik Aleksandr Alempievich bilan tunislik SHaker Zuagi. Menga ularning har ikkisi ham maqul keldi. Qolaversa, mahalliy o'yinchilardan Iqbol Akramov, SHerzod Hakimov, SHavkat Mullajonov singari futbolchilar kelib qo'shildi. O'ylaymanki, mavjud tarkib bilan o'z oldimizga qo'ygan maqsadga erisha olamiz.
X.Xoliqov yozib oldi.

Fikrlar