So’nggi yangiliklar

09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  3 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1

“Olmaliq”da sermahsullik nima uchun pasayib ketdi? Yangiliklar

“Olmaliq”da sermahsullik nima uchun pasayib ketdi?

Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi bu yilgi mavsumni yaxshi kayfiyatda boshladi.
Jamoa avvaliga o'zining yangi stadionida poytaxt viloyatining boshqa bir klubi “Metallurg”ni qabul qilib, qiyinchilik bilan bo'lsa-da 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Keyin yana shu stadionda “So'g'diyona” 4:2 hisobida mag'lub etildi. Z-turda jamoa “Bunyodkor” mehmoni bo'lib, durangga erishdi. Lekin oxirgi ikki turda “Olmaliq” birorta ham to'p kirita olmadi. Xo'sh, sermahsullikning birdaniga pasayib ketish sabablari nimada? Bugun shu haqda mulohaza yuritamiz.



AJOYIB O'TGAN TAYYORGARLIK
“Olmaliq” mavsumga tayyorgarlikni har holda yaxshi o'tkazdi. Jamoa yig'inning asosiy qismini Toshkentda olib bordi. Futbolchilar ko'pchilik havas qiladigan “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilishdi. Mashg'ulot va o'rtoqlik o'yinlari suniy maydonlarda o'tkazildi. Fevralda jamoa hatto Turkiyada yig'in o'tkazib qaytdi. Bu esa “Olmaliq”ning ilk bor xorijda yig'in tashkil qilgani bo'ldi. O'ylaymizki, Igor SHkvirin mavsumlar oralig'ida o'zi xohlagan futbolchilarni qo'lga kirita oldi. Xususan SHahboz Erkinov, Igor Petkovich, Nodir Davlatov, Georgiy Kvesieshvili, Mamur Abdullaev singari ketganlar o'rni mos ravishda Iqbol Akramov, Aleksandr Alimpievich, SHerzod Hakimov, SHavkat Mullajonov, Abduqahhor Hojiakbarov kabi o'yinchilar bilan to'ldirildi. Bir so'z bilan aytganda, mavsumga hozirlik yaxshi kechdi.

KO'TARILISH VA PASAYISH

Keyin esa chempionat boshlandi. Oliy liga qurasi natijalariga ko'ra, “Olmaliq” dastlabki ikki turni o'z maydonida o'tkazadigan bo'ldi. “Metallurg” bilan ochilish o'yinida Olmaliq shahrida qurib bitkazilgan yangi stadion muxlislar bilan liq to'ldi. Natijada o'yin ham shunga yarasha jonli kechdi. Garchi maydon egalari kishiga zavq ulashadigan futbol namoyish eta olmagan bo'lishsa-da, bir amallab g'alaba qozonishdi.  Undan keyin jamoa “So'g'diyona”ni mag'lub etdi va 2-turdan so'ng turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. SHundan so'ng Toshkentga safar qilgan Igor SHkvirin shogirdlari amaldagi chempion “Bunyodkor” bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Undan keyin o'z maydonida “Andijon”n enga olmagan klub 4-o'ringa tushib ketdi. Va kechagi turda “Paxtakor”ga mag'lub bo'lgan “Olmaliq” birdaniga 7-o'ringa tushib qoldi. Jamoaning bu qadar pastga og'ishida “Dinamo” va “Buxoro”ning safarda g'alaba qozongani ham sabab bo'ldi deya olamiz.



IGOR SHKVIRINNI O'YLANTIRAYOTGAN HOLATLAR
Ayni paytda Igor SHkvirinni bir nechta holat chuqur tashvishga solyapti deya olamiz. Avvalo jamoa o'yinida pasayish yuzaga kelgandek. Xususan “Olmaliq”ning “Bunyodkor”ga qarshi ko'rsatgan shiddati “Paxtakor” bilan o'yinda unchalik ko'zga tashlanmadi. Jamoa go'yoki o'z o'yinini yo'qotib qo'ygandek taassurot qoldirdi. Albatta, oxirgi uch turda atigi bitta gol urish “Olmaliq” uchun yarashmagan holat. Biz bilamizki, “Olmaliq” hujumkor futbolni yoqtiradi va ko'proq gollar urishni xohlaydi. Ammo oxirgi uch turdan beri buning iloji bo'lmayapti. To'g'ri, “konchilar” oxirgi uchta o'yindan ikkitasini Toshkentda, buning ustiga “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga qarshi o'tkazishdi, qolaversa bu jamoalar darvozasiga to'p kiritish oson emas. Lekin jamoaning nima uchun o'z maydonida “Andijon”ni enga olmagani hayratlanarli holat. Bundan jahli chiqqan klub bosh murabbiyi hatto o'yindan keyin matbuot anjumaniga kirishni xohlamadi. Ehtimol, “Bunyodkor” bilan o'yindagi ijobiy natija futbolchilarning biroz bo'lsa-da havolanib ketishiga sabab bo'lgandir.

“Olmaliq” bosh murabbiyi “Paxtakor”ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini quyidagicha bayon etdi: “Paxtakor” bizga nisbatan har jabhada ustunlik qildi. Men jamoamning bunday yomon o'yin ko'rsatganidan hatto uyaldim ham. O'yindagi oxirgi o'n daqiqani hisobga olmaganda, qolgan paytda hech narsa qila olmadik. Qo'pol qilib aytganda, biz 85 daqiqa davomida futbol o'ynamadik. Men har doim shogirdlarimga o'yin boshidanoq himoyaga yotib olmanglar deb ko'rsatma beraman, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar. Lekin bugun boshqacha bo'ldi: shogirdlarimga har qancha tanbeh bermay, ular o'z bilganicha to'p tepishdi. Masalan, 15-raqamda harakat qilgan himoyachimiz Obid Jo'raboev to'pni sheriklariga uzatayotganda yosh bolalarcha xatoga yo'l qqo'ydi. Men 20 yoshimda endi futbol o'ynashni boshlagan kezlarim himoyachi mana shunday tarzda xato qilsa, yarim yil zaxirada o'tirardi. Hozir esa o'yinchi xato qilgani bilan baribir keyingi bahslarda maydonga tushyapti. Futbolchi zaxirada qolishi uchun uning o'rnida o'ynay oladigan boshqasi yanada zo'r bo'lishi kerak. SHundagina o'yinchilar o'rtasidagi raqobat shakllanib boradi”.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, oliy liganing dastlabki ikki turida ettita gol urgan jamoa keyingi uchta o'yinda atigi bitta to'p kiritdi. Xo'sh, bu nima bilan bog'liq? Klub bosh murabbiyi bu borada shunday deydi: “To'g'risini aytsam, shogirdlarimga nima bo'layotganini o'zim ham tushunmayapman. “Paxtakor” bilan o'yinni olaylik, biz butun 90 daqiqa ichida golga tortadigan nari borsa ikkita vaziyatni yuzaga keltirdik. Bu esa juda past ko'rsatkich hisoblanadi. “Andijon”ga qarshi bellashuvda ko'p imkoniyatlarni ko'kka sovurgandik. Bugun o'sha vaziyatlarning yarmini ham yuzaga keltira olmadik”.



ZAFAR POLVONOV QACHON GOL URISHNI BOSHLAYDI?
“Olmaliq”ning o'tgan yilgi to'purari Zafar Polvonov joriy mavsumda hali birorta gol ura olmadi. Qarshilik hujumchi o'tgan yil 14ta to'p kiritishning uddasidan chiqqandi. Bu yil esa negadir hech omadi yurishmayapti. Polvonov bu yilgi chempionatda hozircha to'rtta o'yinda ishtirok etib jami 278 daqiqa harakat qildi. Bu esa o'rtacha har bir o'yinga 70 daqiqa deganidir. Xo'sh, Zafar Polvonov qachon gol uradi, o'zi umuman unga nima xalaqit beryapti? Bu borada “konchilar” ustozi Igor Anatolevich shunday dedi: “Zafar Polvonovga mavsum boshidan etarlicha imkoniyat berib kelinyapti. Ammo nima sababdan haliyam to'p kirita olmaganini yaxshisi o'zidan so'rash kerak. Polvonov o'yin taqdirini bir o'zi hal qila oladigan futbolchi emas. Uning yaxshi o'yin ko'rsatishi ko'p jihatdan yarim himoyachilarga, ayniqsa, qanotda to'p suradigan o'yinchilarga bog'liq. Unga vaqtida to'p etib kelmaganidan keyin albatta Polvonov ham gol urmasdan yuraveradi. Lekin har qanday sabrning o'z chegarasi bor. SHu bois keyingi turlarda SHerzod Hakimovga ko'proq imkoniyat berishni mo'ljallab turibman. Men Zafarga ko'p marta aytdim: sen hujumchisan, hadeb ortga qaytmasdan oldinroqda to'pni kut, qachondir senga etib keladi deb. Lekin u o'z bilganidan qolmay, orqaga qaytib hujumni o'zi boshlab, o'zi yakunlashni istayapti. SHunday bo'lganidan keyin tabiiyki gol ura olmaydi”.

XULOSA O'RNIDA
Maqolaga xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin, “Olmaliq” juda ajoyib jamoa va har doim sifatli futbol ko'rsatishga intilib kelgan. Buni ko'pchilik etirof etsa kerak. Lekin shunday jamoaning o'yinida biroz pasayish yuzaga kelgani vaqtinchalik holat bo'lishiyam mumkin. “Olmaliq” bu yil tarkib borasida kuchayishga erishdi. Alimpievich, Zuagi kabi legionerlar ham chakki emas ekan. Qolaversa, tarkibda o'yinni o'z qo'liga ola biladigan Pirimov, SHoahmedov, Abibullaev singari yarim himoyachilar bor. SHundan kelib chiqib jamoaning keyingi o'yinlarda o'zini ko'rsatishiga ishonsa bo'ladi. Buning uchun ehtimol, tezkor futbolchi Iqbol Akramovni ham keyingi bellashuvlarda maydonga tushirish fursati etgandir. CHunki “Neftchi”ning sobiq vakili “Olmaliq”qa o'tganidan beri atigi bitta o'yinda qatnashib, 45 daqiqa to'p surdi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика