So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

"Olmaliq" safida 125-futbolchi Yangiliklar

"Olmaliq" safida 125-futbolchi

Teglar :  Olmaliq
Kecha jamoamiz 6-turdan o'rin olgan bahsda "Navbahor" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

"Bunyodkor" bilan o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bu esa jamoa ko'rsatayotgan o'yin va natijaga ijobiy tasir etdi, deyish mumkin. Namanganliklarga qarshi o'yinning 81-daqiqasida 1996 yilda tavallud topgan Sunnatulla Abdullajonov zaxiradan maydonga tushirildi. U jamoamiz tarkibida eng ko'p maydonga tushgan Zohir Pirimovni almashtirdi. 177 uchrashuvda "Olmaliq" sharafini himoya etgan yarim himoyachi o'rnini to'ldirgan Sunnatulla jamoamiz safida maydonga tushgan 125-futbolchi bo'ldi. U shuningdek, bu mavsumda "Olmaliq" libosida harakat qilayotgan eng yosh futbolchi bo'lib turibdi. Abdullajonov maydonga tushgan sanada 19 yosh 184 kunlik bo'lganligi statistikada aks etdi.

Jamoamiz tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar statistikasi yillar bo'yicha quyidagi ko'rinishga ega:

2008 yil. Farrux Nurliboev - 17 yosh 285 kun;
2009 yil. Isroil Ergashev - 17 yosh 311 kun;
2010 yil. Isroil Ergashev - 18 yosh 256 kun;
2011 yil. Isroil Ergashev - 19 yosh 247 kun;
2012 yil. Azamat Isroilov - 20 yosh 147 kun;
2013 yil. Diyor Turopov - 18 yosh 236 kun;
2014 yil. Diyor Turopov - 19 yosh 250 kun;
2015 yil. Muhammad Isaev - 20 yosh 303 kun;
2016 yil. Sunnatulla Abdullajonov - 19 yosh 184 kun...

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика