So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

"Olmaliq": Nazorat bahsida durang Yangiliklar

"Olmaliq": Nazorat bahsida durang

Bugun jamoamiz navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Ukrainaning "Vorskla" jamoasiga qarshi uchrashuv ancha qiziqarli va shiddatli tarzda o'tdi. Har ikki jamoa ochiq futbol namoyish etganligi bois, 90 daqiqa davomida maydonda keskin vaziyatlar ko'p bo'ldi. Hakam o'yin davomida har ikki jamoa darvozasiga penalti belgilaganligi ham so'zimizni tasdiqlaydi. 9-daqiqada raqiblar penaltidan unumli foydalana olishmagan bo'lsa, 45-daqiqada Zabihillo O'rinboev jarimani golga aylantirdi. "Vorskla" futbolchisi tepgan to'pni Akbar To'raev ushlab oldi. Uchrashuvda dastlabki golni poltavaliklar kiritishdi. 30-daqiqada jamoamiz yana burchakdan oshirib berilgan to'pdan so'ng raqibning darvozani ishg'ol etishiga qarshilik ko'rsata olishmadi. Birinchi taymning so'nggida esa penaltidan hisobni tenglashtirdik. Ikkinchi taymda ustunlik to'lig'icha jamoamiz tarafida bo'ldi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilarga aniqlik etishmadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 14 fevral.
Side shahri. "Kamilya" mehmonxonasi futbol maydoni.

"Olmaliq" - "Vorskla" 1:1
Gollar: Zabihillo O'rinboev 45 penaltidan - Vyacheslav SHarpar 30.
Amalga oshirilmagan penalti: Dmitriy Xlyobas 9 (darvozabon)

"Olmaliq": To'raev, Inomov, Mullajonov, Kasminin, Berdimurodov, Usmonov, Grigalashvili, Isaev, Yelich, Rahmatullaev, O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muxtorov, Suyunov, G'ulomov, Pasichnik, Klishin, Jo'raev, Hojiakbarov.

"Vorskla" tarkibi: Sarnavskiy, Rebenok, Perduta, CHesnakov, Ostapenko, Kravchenko, Tkachuk, Myakushko, Odaryuk, Xlobas, SHarpar.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zarichnyuk, Zagorulko, Matveev, Kunev, Kvasniy, Sakiv, Tishenko, Melnik, SHapoval, Udod, Dallku, Sapay.

Hakamlar: Lesiv Stanislav, Filipchuk Evgeniy, Koshkarov Serik. Zaxira hakami Tevyashov Denis (barchasi - Qozog'istondan). 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика