So’nggi yangiliklar

19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  10 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Oliy ligadan kim tushib ketadi? Yangiliklar

Oliy ligadan kim tushib ketadi?

Yana uch turdan so'ng bilib olishimiz mumkin bo'lgan jamoa qaysi bo'lishini taxmin qilib ko'ramiz.

Hozirda asosiy davogar "Buxoro" klubi bo'lib turibdi. Eng kam ochko "Buxoro"da - 17. "Dinamo"da 22, "So'g'diyona"da 20 ochko mavjud.

"BUXORO"
Keyingi ikki tur "Buxoro" uchun juda qiyin keladi. Safarda "Metallurg"ga qarshi o'yin bor. Bekobodliklar so'nggi 4 turda uch mag'lubiyatga uchrab, turnir jadvalida o'ninchi o'ringa tushib ketdilar. Bu o'yinda "Metallurg" yaqqol favorit. Keyingi turni "Buxoro" safarda OCHL uchun kurash olib borayotgan "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi. "Bunyodkor"ning har qanday mag'lubiyati ikki o'yin natijasiga ko'ra "Neftchi"ga OCHLni tuhfa etadi. "Buxoro"ning so'nggi tur o'yini safarda "So'g'diyona"ga qarshi kechadi.

"Buxoro" olishi mumkin bo'lgan ochkolar: 6



"SO'G'DIYONA"
"Buxoro"ga solishtirganda "So'g'diyona"ni juda oson o'yinlar kutib turibdi. 5-o'ringa chiqa olmaydigan, shuningdek, ettinchiga ham tushib ketmaydigan "Olmaliq" 28-turda Jizzaxga tashrif buyuradi. Bu o'yinda Fayziev jamoasi ijobiy natijaga erishishi haqiqatga yaqinroq. Keyingi turda jamoa mavsum - 2015 uchun rejasini ortig'i bilan bajargan "Qo'qon-1912" jamoasi mehmoni bo'ladi. So'nggi turda esa yil o'yini bo'ladi, agar yuqoridagi jamoalardan birontasida "So'g'diyona" bironta ochko ololmasa. Lekin jamoaning "Nasaf"ga qarshi o'tkazgan o'yinidan kelib chiqsa, Jizzaxdagi so'nggi tur o'yinida maydon egalari favorit sanaladilar.

"So'g'diyona" olishi mumkin bo'lgan ochkolar: 6



"DINAMO"
Trio ichida samarqandliklar eng katta imkoniyatga ega klub sanaladilar. O'z maydonida "Bunyodkor"ni enga olmagan "Nasaf" birinchilardan bo'lib OCHL masalasini hal qildi. Klub hech qanaqasiga to'rtinchi o'ringa tushib ketmaydi, yana bitta medal naqd. Bundan "Dinamo" foydalanib olishi mumkin. Keyingi turda jamoa "Andijon" mehmoni bo'ladi. Bu o'yinda ikki jamoani ham durang to'liq qoniqtiradi. So'nggi turda "Olmaliq" Samarqandga safar qiladi. Bu o'yinda Hakimov jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

"Dinamo" olishi mumkin bo'lgan ochkolar: 4



28-tur
"Metallurg" - "Buxoro"
"So'g'diyona" - "Olmaliq"
"Dinamo" - "Nasaf"
 
29-tur
"Buxoro" - "Neftchi"
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona"
"Andijon" - "Dinamo"

30-tur

"So'g'diyona" - "Buxoro"
"Dinamo" - "Olmaliq"


Agar taxminlar o'zini oqlasa, turnir jadvalining quyi qismi quyidagicha ko'rinish oladi:

"Dinamo" - 26 ochko
"So'g'diyona" - 26 ochko
"Buxoro" - 23 ochko

Agar "Dinamo" va "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi ochkolar soni teng bo'lib qolsa, o'zaro o'yin natijalariga ko'ra "Dinamo" ustun bo'ladi. Samarqandliklar Jizzaxda 2:1, o'z maydonlarida esa 2:0 hisobida "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratganlar.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика