So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  12 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Oliy liga. 7-tur. Zohid Abdullaevning dubli "Metallurg"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Oliy liga. 7-tur. Zohid Abdullaevning dubli "Metallurg"ga g'alaba keltirdi

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bekoboddagi o'yinning 19-daqiqasi o'tib borayotgan paytda Abdulloh Olimov oshirib bergan to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib olgan Mirjalol Qurbonov aniq zarbasi bilan hisobni ochdi – 0:1.

28-daqiqada hisob tenglashdi. Qanotdan Ayubxon No'monov tomonidan oshirib berilgan to'pni Javohir Esonqulov boshi bilan aniq darvozaga yo'lladi – 1:1.

33-va 34-daqiqalarda Dilmurod Karimov ikkita qulay vaziyatda zarba berdi. Birinchisida to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketgan bo'lsa, ikkinchisida to'g'ri darvozabonning qo'liga tashlab berdi.

Ikkinchi taym bekobodliklarning shiddatli hudjumlari bilan boshlangan bo'lsa-da  faqatgina taym o'rtalariga kelganda u o'z samarasini berdi. Har ikkala gol o'ng qanotdan boshlangan hujum tufayli yuzaga keldi. Dastavval Saidjon Abdujabborovning ajoyib to'p oshirishidan chempionatimiz to'purarlaridan biri Zohid Abdullaev unumli foydalandi va boshi bilan urib to'pni darvoza to'riga tushirdi. Qo'qonliklar o'zlariga kelib ulgurmasidan mezbonlar yana gol kiritishga erishishdi. Bu safar Abdujabborov – Sulaymonov – Abdullaev kombinaciyasi Zohidning bosh bilan aniq zarbasi ila yakunlandi – 3:1.

Uchrashuv shu tariqa “Metallurg”ning ishonarli g'alabasi bilan yakunlandi.


Metallurg (Bekobod) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 3:1
30 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Gollar: 0:1 – Mirjalol Qurbonov (18, Abdulloh Olimov), 1:1 – Javohir Esonqulov (28, Ayubxon No'monov), 2:1 – Zohid Abdullaev (66, Saidjon Abdujabborov), 3:1 – Zohid Abdullaev (68, Mirg'iyos Sulaymonov)

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov (9. Farhod Namozov, 61), 13. Javohir Esonqulov (14. Davronbek Karimqulov, 80), 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Murodjon Toshmatov, 70. Jahongir Abdumo'minov (10. Jasur Hakimov, 72), 77. Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: 25. Timurbek To'ychiev, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 21. Vusol Mageramov, 27. Muhammadodil Qahramonov.

“Qo'qon 1912”: 21. G'ayratjon Hasanov, 4. Mirjalol Qurbonov (5. Jalil Kimsanov, 71), 6. Bahodir Akromov, 7. Otabek Zokirov, 10. Otabek Haydarov (9. Nosirbek Otaqo'ziev, 69), 19. Sardor Qahhorov, 20. Dostonbek Tursunov, 23. Furqatjon Hasanboev, 28. Abdulloh Olimov (11. Navro'zbek Alimov, 60), 29. Iqboljon Malikjonov, 31. Oybek Nurboev.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyozov, 17. Aziz To'xtaboev, 24. Ilya Ilin, 33. Abdulaziz Yusupov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика