So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  7 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Oliy liga. 7-tur. "Nasaf" o'z maydonida "Andijon"ga javobsiz 3ta gol urdi Yangiliklar

Oliy liga. 7-tur. "Nasaf" o'z maydonida "Andijon"ga javobsiz 3ta gol urdi

Teglar :  NasafAndijon
Bugun oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida "Andijon" sal bo'lmasa uchrashuvda hisobni ochishi mumkin edi, Yovanovichning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni so'nggi pallada Ildar Mamatkazin qaytarib yubordi.

26-daqiqada Maqsud Karimovning ketma-ket zarbalaridan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi. Yakuniy zarbadan so'ng esa Xodjaev ajoyib seyv namoyish etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34-daqiqada Javlon Guseynov jarim zarbasini amalga oshirdi. U to'pni jarima maydoni ichida turgan Ibrohim Rahimovga oshirdi. Ammo Rahimov zarba berishda kechikdi chog'i. SHu tariqa xavfli vaziyat samarasiz yakunlandi.

42-daqiqada Ibrohim Rahimovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda, aniqrog'i 61-daqiqada maydon egalari hujumchisi Azamat Allaniyozov hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuvning 77-daqiqasida o'ng qanotdan Dilshod Rahmatullaevning havolatib uzatib bergan to'pini Ildar Mamatkazin boshi bilan darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi - 2:0.

Oradan besh daqiqa o'tgach Bahrom Abdurahimov o'ng qanotda jarima maydoni ichida to'pni Maqsud Karimovga qulay tarzda etkazib bergach, Karimov darvozani aniq nishonga oldi - 3:0.


Nasaf (Qarshi) – Andijon (Andijon) 3:0
MATNLI TRANSLYACIYA
28 aprel 2016. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Gollar: Azamat Allaniyozov 61, - 1:0. Ildar Mamatkazin 77, - 2:0 (Dilshod Rahmatullaev). Maqsud Karimov 82, - 3:0 (Bahrom Abdurahimov)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.SHuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov, 19.Deyan Bolevich, 21.Azamat Allaniyozov (16.Dilshod Xushbakov, 88) 23.SHerzod Azamov, 31.Saydullo Rahmatov (27.Islom Rashidxonov, 46).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 29.Akbar Murodov, 38.Doniyor Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.

"Andijon": 46.Xurshid Xo'jaev, 4.Azamat Isroilov, 5.Iqbol Boboxonov, 9.Otabek Valijonov, 13.Rustam Azamov (7.Alisher SHog'ulomov, 65), 18.Farhodbek Bekmurodov, 21.Javlon Guseynov, 24.Ibrohim Rahimov (11.Abdumalik Abdullaev, 69), 26.Baxtiyor Qosimov, 84.Nemanya Yovanovich, 89.Bobur Akbarov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Anvar Berdiev, 77.G'ulom O'runov.

Ogohlantirishlar: Iqbol Boboxonov 25, Farhod Bekmurotov 90.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика