So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  5 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida

Teglar :  oliy ligaQizilqum
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Navoiyning "Qizilqum" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
Navoiy klubi mavsumni ajoyib g'alaba bilan boshlagandi. Ilk turda "So'g'diyona"ni 4:1 hisobida taslim qilgan "Qizilqum" birinchi turda dastlabki o'ringa chiqib olgandi. Biroq mavsumni o'zidan yuqorida tugatgan jamoalarning deyarli barchasiga mag'lub bo'lgan jamoa davrani 8-o'rinda tugatdi. Ikkinchi davrani klub So'g'diyona"ga qarshi bahsdagi 1:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagandi. Oliy liganing oxirgi 4ta o'yinida yuta olmagan navoiyliklar chempionatni 10-pog'onada tugatishdi.



Murabbiylar
Aslida jamoa rasman mavsumni bitta murabbiy bilan o'tkazdi. Biroq mavsum o'rtalariga kelib bosh murabbiy Yuriy Lukin emas Hamidjon Aktamov jamoa menejeri sifatida jamoani boshqardi. Lukin hech qaerga ketgani yo'q va Aktamov bilan birga ishlashda davom etdi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, jamoaga 2016 yilgi mavsumni yangi murabbiy kelishi mumkin ekan.



Etakchi
Akmal Rustamov. Jamoa sardori "Qizilqum"ning haqiqiy etakchisi hisoblanadi. Himoyachi bu mavsum 30ta o'yinning barchasida maydonga tushdi va 1ta gol urdi. U bilan birga SHerali Jo'raevni ham jamoa etakchisi deb atash mumkin. Yarim himoyachi gol urishdan ko'ra sheriklarini golli pas bilan taminlashda boshqalarga o'rnak bo'ldi.


Kashfiyot
21 yoshli Bobur Iskandarov bu mavsumda "Qizilqum" safida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Iskandarov ko'plab o'yinlarda murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirildi. Keyingi yil u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishiga shubha yo'q.



Eng yaxshi o'yin
"Dinamo" - "Qizilqum" 2:2
To'g'ri "Qizilqum"ning bir qator g'alabalari qolib durang qayd etilgan o'yinni eng yaxshi o'yin deb topish ko'pchilik uchun g'alati tuyulishi mumkin. Biroq Samarqanddagi bahsda Navoiy klubi haqiqiy matonat ko'rsatgandi. Uchrashuvning 90-daqiqasi tugaganida tabloda 2:0 hisobi porlab turgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bahriddin Vahobov dastlab penaltidan to'p kiritib hisobni qisqartirgan va 90+5-daqiqada dublga erishib jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi - 2:2.



Eng yaxshi futbolchi
Bahriddin Vahobov. Tajribali hujumchi bu yil o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Vahobov 29ta o'yinda 21ta gol urib to'purarlar pogasida Igor Sergeevdan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. Futbolchi 2ta xet-trik, 3ta dublga erishdi. Vahobov bu yil ikki marta xet-trik qayd etgan yagona futbolchiga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua       
Tug'.sana O'yin     
Daqiqa    
Gol    
SK    
QK   
Jo'raev SHerali Yahm 17.02.1988     
30 2643 0 4 0
Rustamov Akmal Him 08.02.1986 30 2587 1 3 0
Vahobov Bahriddin Huj 23.01.1983 29 2306 21 3 0
Usmonov Azizbek Him 22.01.1992 28 2439 0 7 1
Derkach Andrey Yahm 28.05.1985 28 2417 3 9 0
Jabborov Erkin Dar 24.08.1985 26 2340 0 1 0
Qurbonov Mirjalol Him 28.04.1990 26 1852 0 6 0
Jumaev G'ayrat Yahm 02.04.1986 26 1720 2 5 0
Kvesieshvili Georgiy Him 01.12.1985 25 1907 0 4 0
Haydarov Farrux Yahm 29.03.1990 25 1668 2 4 0
Xolmatov Sarvar Yahm 24.11.1990 17 1123 1 4 0
Xoliqov Alisher Huj 27.04.1982 17 448 1 1 0
Qambarov Fayzullo Yahm 01.01.1990 16 904 1 4 0
Sanaev Alisher* Yahm 16.06.1987 14 1144 0 1 0
Alimov Navro'zbek** Huj 21.03.1992 14 934 3 3 0
SHevchenko Vyacheslav* Huj 30.05.1985 13 1115 2 2 0
Muhiddinov Asqar Him 22.06.1981 12 982 0 3 0
Iskandarov Bobur Yahm 02.07.1994 11 389 0 2 0
Makosin Artyom Dar 29.10.1985 4 360 0 0 0
Abdurahmonov Doston**        
Yahm 05.05.1990 4 229 0 0 0
Sanaev Ruslan Huj 08.08.1987 3 47 0 1 0
Klishin Viktor** Huj 15.10.1982 3 40 0 0 0
Boboqulov Feruz* Huj 14.07.1986 2 50 0 0 0
SHoxnazarov Jamshid Yahm 07.02.1986 1 45 0 0 0
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Qizilqum-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar

30

Gollar

38

Uydagi gollar

23 (60,53%)

Mehmondagi gollar

15 (39,47%)

O'tkazilgan gollar

49

Uyda o'tkazilgan gollar

18 (36,73%)

Mehmonda o'tkazilgan gollar

31 (63,27%)

O'rtacha gol

1,27

O'rtacha o'tkazilgan gol

1,63

Uydagi ochkolar

26/45 (57,78 %)

Mehmondagi ochkolar

8/45 (17,78 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 - "So'g'diyona"       

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 - "So'g'diyona"

"Quruq" o'yinlar

5 (16,67%)

Gol ura olmagan o'yinlar

10 (33,33%)

Irodagi g'alaba

4

Yirik g'alabalar

1

Yirik mag'lubiyatlar

2

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

1/0

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

67 (2,23)

CHetlatishlar (o'rtacha)

1 (0,03)

Maydonga tushganlar (legioner)          

24 (3 - 12,5%)

Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)

190597/6353

 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика