So’nggi yangiliklar

19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  1 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  2 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  9 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0 (матнли трансляция)  4 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7

"Olimpiya" ustozi: "Maqsadimiz - yoshlar terma jamoasiga va klublarga yosh futbolchilarni etkazib berish Yangiliklar

"Olimpiya" ustozi: "Maqsadimiz - yoshlar terma jamoasiga va klublarga yosh futbolchilarni etkazib berish

"Olimpik" hamda "Olimpiya" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-tur o'yinidan so'ng mehmon jamoa ustozi SHavkat Mullajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yin judayam qiziqarli bo'ldi. Havo ham yaxshi bo'ldi, futbol o'ynash uchun juda qulay. Bizning futbolchilar uchun ushbu bahs juda foydali va kerakli edi. Futbolchilarimiz bunday uchrashuvlarda o'zini ko'rsatishi kerak va shundagina olimpiya va yoshlar terma jamoasiga jalb etila boshlaydi futbolchilar. 5ta futbolchimiz U17 terma jamoasining yig'ininga jo'nab ketishdi, shu sabab bugun ko'nglimizdagidek o'yin ko'rsata olmadik. Bizning maqsadimiz yoshlar terma jamoasiga va klublarga yosh futbolchilarni etkazib berish. Kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda o'zimizni ko'rsatib yaxshi natijalarga erisha olamiz.

- "Navbahor"ga qarshi uchrashuvga jamoangiz raqib darvozasini ishg'ol etgan edi. Bugun raqib darvozasiga gol urish uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan farqli o'laroq, biz bugungi uchrashuvda boshqa uslubda o'ynadik. Biz bugun ko'proq qarshi hujumlarga tayanib o'ynayotgan edik. Asosiy futbolchilarimiz U17 terma jamoasi bilan yig'inga jo'nab ketgani sababli ham bugun biroz qiynaldik. Yigitlar yosh ozgina tajriba etishmagani ham ko'rinib turdi. Zahira o'rindig'ida ham futbolchilar kam edi. Asosiy tarkibimiz bilan o'ynmaganimiz sabab bugun gol ura olmadik deb o'ylayman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика