So’nggi yangiliklar

12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  0 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  0 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  6 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  7 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  5 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  35 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3

Olimpiya harakati rahbarlari “Bunyodkor”da FOTO+VIDEO Yangiliklar

Olimpiya harakati rahbarlari “Bunyodkor”da FOTO+VIDEO

Bugun “Bunyodkor” stadioni olimpiya harakati rahbarlarini qabul qildi.
SHu kunlarda yurtimizda mehmon bo'lib turishgan xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo olimpiya kengashi rahbari SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Mirabror Usmonov xamrohligida “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni “Bunyodkor” FK prezidenti Bedil Alimov va boshqa masul shaxslar kutib olishdi. Mehmonlar “Bunyodkor” stadionidagi O'zbekiston futboli tarixi muzeyi bilan tanishishdi. Stadionda yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. “Bunyodkor” futbol maktabi haqida malumot olishdi. SHuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga matbuot anjumanida javob qaytarishdi.

MOK prezidenti O'zbekistonda xukumat tomonidan yosh avlodni sog'lom tarbiyalash uchun sportga qaratilayotgan yuksak etiborni alohida takidlab o'tdi. Tomas Bax o'zbekistonlik sportchilarga Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Osiyo olimpiya kengashi rahbari ham yurtimizdagi sog'lom turmush tarziga xavas bilan qarab, bu borada mamlakat rahbarlarining sayi harakatlariga to'xtalib o'tdi. SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah o'zbek xalqi haqida gapirar ekan, bergan vadasini albatta bajarishini takidlab o'tdi.

- O'z so'ziga vafo qiluvchi o'zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirayotganimizdan xursandmiz, - deydi SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah.

Etiboringizga olimpiya harakati rahbarlarining “Bunyodkor” stadioniga tashrifi FOTOJAMLANMASI va videolavhasini taqdim etamiz.


TAS-IX


TAS-IX emas



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика