So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Olim Tolibjonov 10-turda eng yuqori baho olgan hakam Yangiliklar

Olim Tolibjonov 10-turda eng yuqori baho olgan hakam

Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda O'FF prezidenti Mirabror Usmonov endilikda oliy va birinchi ligadagi o'yinlarni boshqargan hakamlarning olgan ballari uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilishi haqida aytib o'tdi.
Bu ko'pchilik uchun ayni muddao bo'ladi. CHunki referilarga qo'yilgan baholar ochiqchasiga ko'rsatilishi ularning o'z ustida yana ko'proq ishlashga undashi tabiiy. Qolaversa baholarning aniq yozib ko'rsatilishi barchamiz uchun qiziq.

“SA” ham oliy liganing har bir turidan so'ng hakamlarning olgan baholariga etibor qaratib, ularni berib borishni lozim topdi.

Demak, ortda qolgan 10-turda kutilganidek 28 nafar referi ishladi. Ularning ettitasi bosh hakamlar hisoblanadi.  Maydon markazida bosh rolda bo'lgan hakamlardan Olim Tolibjonov boshqalarga nisbatan eng yuqori bahoga loyiq ko'rildi. Toshkentda kechgan “Lokomotiv” – “Olmaliq” bahsida nazoratchi hakam Gali Imomov Tolibjonovning hatti-xarakatlarini 9,2 ballga baholadi. Aytish lozimki, mazkur uchrashuvga komissar sifatida PFL bosh direktori Farhod Magometov ham tashrif buyurgan!

Aksincha ushbu turda nazoratchi hakam tomonidan nisbatan past ball olgan hakamlar Hasan Ro'ziev bilan Baxtiyor Namozov bo'ldi. 8,5 ball!

SHuni ham aytib o'tish joizki, ushbu turning barcha o'yinlariga komissarlar tashrif buyurgan. Hakamlar departamenti bo'limi boshlig'i Noil Lutfullin kecha Qarshida bo'lib, “Nasaf” – “Paxtakor” bahsini bevosita stadionda kuzatgan.

10-turda ishlagan hakamlar va komissarlar!   

31 may (shanba)
Neftchi  – Dinamo  – 1:0. 4125 tomoshabin.
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent) – 8,5, A. Usmonov (Toshkent) – 8,6, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,8, A. Jo'raxonov (Andijon) - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Komissar: R. CHernikov.

1 iyun (yakshanba)
Lokomotiv – Olmaliq – 3:0. 2518 tomoshabin.
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent) – 9,2, M. Saidqosimov (Toshkent) – 9,1, J. Saidov (Toshkent) – 9,1, V. Serazetdinov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Komissar: F. Magometov.
 
Buxoro – Mashal – 3:4. 10321 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent) – 9,1, A. Capenko (Toshkent viloyati.) – 9,0, A. Po'latov (Toshkent) – 9,0, D. Jalimov (Nukus) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.

Qizilqum - Navbahor – 3:1. 8821 tomoshabin.
Hakamlar
: I. Tantashev (Buxoro) – 9,0, R. Serazetdinov (Toshkent) – 9,0, R. SHoyaxmetov (Toshkent) – 9,0, A. Rahimov (Andijon) - 9
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Komissar: V. Lyotkin.
 
Nasaf – Paxtakor – 1:1. 15815 tomoshabin.
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,7, R. Samandarov (Navoiy) – 8,4, O. Jumaev (Navoiy) – 9,4, V. Najafaliev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin.
 
Metallurg – Andijon – 3:2. 1645 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent) – 8,8, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,6, N. Ro'zimov (Toshkent) – 8,3, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Komissar: A. Xudoydotov.
 
So'g'diyona – Bunyodkor – 0:2. 5205 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent) – 8,5, X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati) – 8,6, A. Snetkov (Toshkent viloyati) – 8,6, A. Ergashev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
Komissar: V. SHtern.

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика