So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Oliy ligada 16ta jamoa: plyus va minuslar (Munosabat) Yangiliklar

Oliy ligada 16ta jamoa: plyus va minuslar (Munosabat)

Kecha oliy ligamizda 2015 yilgi futbol mavsumidan boshlab 16ta jamoa bo'lishi haqida xabar elon qilindi.
Bu xabarni PFL rasmiy sayti ham tasdiqladi. SHunday qilib bu yilgi chempionat yakunlariga oliy ligani tark etgan “Andijon” bilan “So'g'diyona” baribir elitada qoladigan bo'lishdi. SHuningdek, kelasi yilgi chempionatda birinchi ligada birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan “SHo'rtan” bilan “Qo'qon-1912” ham ishtirok etadi.

Xo'sh, oliy ligada ishtirokchilarning 14tadan 16taga ko'payishi qanday foyda beradi? Jamoalarimiz bunga tayyormi? Umuman olganda, buning plyus va minus tomonlari nimada? Quyida shu haqda to'xtalib o'tamiz.

PLYUS TOMONLARI
Birinchi plyus tomoni shundaki, ishtirokchi jamoalar soni ortgach, o'z-o'zidan o'yinlar soni ham oshadi. Endilikda jamoalar 26ta emas, 30ta o'yin o'tkazishadi. O'yinlar sonining ortishi OFKga ham maqul tushadi, chunki qitamizning bosh futbol tashkiloti mana bir necha yildirki O'zbekistonda o'yinlar kam deb kelmoqda.

Qo'shgimcha to'rtta tur qo'shimcha bir oy deganidir va endilikda jamoalar tez-tez maydonga tushadigan bo'lishadi. Har holda kelasi yildan etiboran terma jamoaning yig'ini deb 15-20 kunlab tanaffus yuzaga kelmasa kerak. Yana bir plyus tomoni shundaki, ko'plab futbolchilar oliy ligada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Licenziyasi bor murabbiylar ishsiz qolishmaydi va o'zlariga birorta jamoa topishadi.

Yana bir plyus tomoni - Andijon bilan Jizzax katta futbolsiz qolmaydi va muxlislar o'z jamoalari ishtirokida oliy ligani kuzatishadi.

MINUS TOMONLARI
Birinchi minus tomoni - deyarli hech kimda oliy ligadan tushib ketsak, keyin nima bo'ladi degan xavotir yuzaga kelmaydi. CHunki birinchi ligada buyog'iga oliy ligani ko'zlaydigan jamoa qolmadi hisob. Birgina “Xorazm”ni aytishimiz mumkindir, biroq xorazmliklar yaqin besh yil ichida oliy ligaga qaytish uchun bosh davogar bo'lishadimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin. Boshqa nomzodlar esa ochig'i ko'rinmayapti.

Xavotir bo'lmaganidan keyin shiddat pasayishi yuzaga keladi, bu esa zerikarli, “navbatchi” o'yinlarning ortishiga olib keladi. Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, ishtirokchi jamoalar harqancha oshmasin, chempionlik uchun kurashadigan jamoalar soni to'rttaligicha qolaveradi: “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf”. Va katta ehtimol bilan chempion nomi yana shu to'rtta klubning o'zaro o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi.

Masalan, “Andijon” bilan “So'g'diyona”dan etakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsata olishini kutish qiyin. Bu yil bu ikki jamoa amalda hech narsani qoyillata olmadi, shunday ekan, kelasi yil ham nimanidir isbotlashini kutish mushkul. “SHo'rtan” bilan “Qo'qon-1912” haqida ham hozircha hech narsa deya olmaymiz. Mana shu to'rtta jamoa chempionatga intriga olib kiradimi-yo'qmi, buni mavsum boshlangach bilib olamiz.

Biz doim oliy ligada o'yinlar soni kamligidan noliymiz, hatto murabbiylar ham bir necha bor shuni takidlab kelishgan. PFL muammoni ishtirokchilar sonini ikkitaga oshirish orqali hal qilgan ko'rinadi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni shundaki, endilikda birinchi liga darajasidagi o'yinchilar ham oliy ligada o'ynab yuraverishadi. Bundan tashqari, u jamoadan bunisiga ko'chib yurishlar yanada avj oladi. Negaki jamoa 16ta bo'lganidan keyin futbolchida tanlash imkoniyati ko'proq bo'ladi va falonchi klub bilan kelisha olmasa, bemalol pistonchi jamoaga borib qo'shilaveradi.

Yaxshi futbolchi hammaga kerak, lekin yaxshi futbolchi ko'p bo'lmaganidan keyin ularning o'rni o'rtamiyonalar bilan to'ldiriladi. Bu esa saviyasi past futbolchilarning yanada ko'payishiga olib keladi. PFL reglamentida oxirgi ikki o'rinni egallagan jamoaning oliy ligadan tushib ketishi haqida gap-co'z yo'q. Faqat bu mavzu mavsum yakuniga etganidan so'ng ko'rib chiqiladi deyilgan, xolos.

Malumki, sportda tartib va princip birinchi o'rinda turadi. SHunday ekan, savol tug'iladi: “So'g'diyona” va “Andijon” qaysi sport tamoyillariga asosan oliy ligada qoldirildi? Har holda O'FF rahbarining bir og'iz gapi tufayli bo'lmasa kerak. Professional chempionatda kimdir tushib ketishi, kimdir chiqishi kerak. Axir biz Hindiston emasmizki, uch oy davom etadigan chempionatda qatnashsag-u, oxirida hech kim tushib ketmasa.

Ishtirokchilar soni ikkitaga ko'paydi ham deylik. Lekin elitadan hech kim tushib ketmaydigan bo'lsa, bunday chempionatning kimga qizig'i bor? Kurash faqat chempionlik uchun kechadi, xolosmi? Yaxshisi, PFL birinchi ligada uchinchi-to'rtinchi o'rinni olgan jamoalar (“Obod”, “Oq-tepa”) bilan “Andijon” va “So'g'diyona” o'rtasida pley-off uchrashuvlari tashkil qilsin. Hech bo'lmasa shunda sport principlariga amal qilingan bo'ladi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика