Oliy liga klublarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari haqida
30 mar 2014 17:17
Yangiliklar


Oliy liga klublarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari haqida
Ayni paytda juda ko'plab futbol klublarining "Twitter" va "Instagram"da o'z sahifalari mavjud va klub matbuot kotiblari o'sha sahifalar orqali klub muxlislariga kerakli xabarlar va fotolarni taqdim etishmoqda. O'zbek klublari ichida ham bunday ishga qo'l o'rgan matbuot xizmati vakillari bor.
O'zbek klublari ichida tvitter saytida birinchilardan bo'lib sahifasini ochgan klub bu Qarshining "Nasaf" jamoasi bo'ladi. Ular o'z sahifalarini 2010 yil, 25 fevral kuni ochishgan. Klub haqidagi malumotlar va o'yinlardan reportajlar esa 2012 yilgi mavsumdan boshlab berib kelinadi. Samarqandning "Dinamo" klubi rasmiy sahifasi 2012 yil, 18 yanvar kuni tashkil etilgan. "Dinamo"ning tvitterdagi sahifasi ham faollik bilan olib boriladi. Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi esa tvitterdagi sahifasini 2012 yil, 12 mart kuni ishga tushirishgan. Bu borada "temiryo'lchi"lar uchinchi bo'lishgan. Ushbu klub matbuot xizmati vakillari tvitterdagi sahifasini faol yuritadi. Jamoa haqidagi tezkor xabarlar va o'yinlardan onlayn reportajlar asosan ushbu sahifa orqali yoritib boriladi. "Paxtakor" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi O'zbekistonda to'rtinchi bo'lib ochilgan. "SHerlar" 2012 yil, 11 oktyabr kundan boshlab o'z xabarlarini tvitterda bera boshlashgan.
"Bunyodkor" klubining sahifasi 2012 yil, 18 oktyabr kuni tashkil etilgan. Klub matbuot xizmati ushbu sahifada qaynoq xabarlarini berib borishadi. Sanab o'tilgan klublar matbuot xizmati vakillari ayni paytda eng faollardan hisoblanishadi. Klub haqidagi barcha qaynoq xabarlar bilan muxlislarni boxabar etib kelishmoqda.
SHuningdek yana "So'g'diyona", "Mashal", "Neftchi" va "Navbahor" jamoalarini ham tvitterda o'z akkauntlari bor.
"Instagram"da "Lokomotiv" jamoasi birinchilardan bo'lib o'z sahifasiga ega bo'lgan. "Bunyodkor" ham o'tgan mavsumdan boshlab klub fotolarini "Instagram" orqali ham muxlislarga etkazib bermoqda. "Nasaf" klubi esa ushbu mavsumdan boshlab "Instagram"da ham o'z sahifasini ochishga erishdi.
Oliy liga jamoalarining "Twitter"dagi sahifalari:
"Paxtakor" klubining "Twitter" sahifasi - @fc_pakhtakor
"Bunyodkor" klubining "Twitter" sahifasi - @fcbunyodkorcom
"Neftchi" klubining "Twitter" sahifasi - @fcneftchiuz
"Nasaf" klubining "Twitter" sahifasi - @fcnasaf
"Lokomotiv" klubining "Twitter" sahifasi - @LokomotivUzb
"Dinamo" klubining "Twitter" sahifasi - @samdinamo
"Mashal" klubining "Twitter" sahifasi - @fcmashal_uz
"Navbahor" klubining "Twitter" sahifasi - @pfcnavbahor
"So'g'diyona" klubining "Twitter" sahifasi - @FCSogdiana
"Instagram"da borlar:
"Lokomotiv" - @LOKOMOTIV_UZB
"Bunyodkor" - @FCBUNYODKORCOM
"Nasaf" - @fcnasaf "Paxtakor" - @PAKHTAKOR_FC
Qolgan klublarning matbuot xizmati vakillari ushbu ishga qo'l urishsa yaxshi bo'lar edi. Hozirgi paytda bu nafaqat tezkorligi, balki juda qulayligi bilan ajralib turadi.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar