So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  6 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 6-tur bahslari ham yakuniga etdi. Bu turda faqat uchta uchrashuv maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlandi.
Yani, “Olmaliq” o'z uyida “Qizilqum”ni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “Lokomotiv” birinchi ligadan yana oliy ligaga qaytgan “Andijon” ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.

Uchta bellashuvda durang qayd etildi: “Neftchi” - “Mashal”, “Nasaf” - “Metallurg” o'yinlarida hisob ochilmadi. “Bunyodkor” esa safarda “Buxoro” bilan 1:1 o'ynadi. Bu turda safarda g'alaba qozongan jamoa birgina “Paxtakor” bo'ldi. Jamoa Samarqanddan g'alaba bilan qaytdi. Biz esa odatimizga ko'ra, 6-turning ramziy termasini etiboringizga havola qilamiz.

Darvozabon - Mamur Ikromov (“Metallurg”)
Bekobodning “Metallurg” jamoasi 6-turda “Nasaf” mehmoni bo'lib, qarshiliklardan bir ochko tortib oldi. Bu o'yinda mehmonlar darvozaboni Mamur Ikromov ancha ishonchli to'p surdi. U darvozasini ajoyib tarzda qo'riqlash bilan birga jamoasining gol o'tkazishiga yo'l qo'ymadi.

Himoyachilar - Egor Krimec (“Paxtakor”), G'iyos Komilov (“Mashal”), Hikmat Hoshimov (“Metallurg”)

Bu galgi ramziy termamizga uch nafar himoyachini kiritdik. “Paxtakor” azosi Krimec Xitoy chempionatidan qaytib kelgach, o'zining avvalgi jamoasiga tezda kirishib ketdi. U “Dinamo” bilan kechgan safar bahsida oxirgi daqiqalarda to'p kiritib, “Paxtakor”ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi. “Mashal” himoyachisi G'iyos Komilov ham bu turdan o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U “Mashal”ning “Neftchi” bilan o'yinda gol o'tkazishiga yo'l qo'ymadi. “Metallurg” sardori Hikmat Hoshimov esa Qarshidagi bahsda jamoasining himoya qo'rg'oni bo'la oldi.

Yarim himoyachilar - SHakir Zuagi (“Olmaliq”), Kamoliddin Tojiev (“Paxtakor”), Azamat Bobojonov (“Dinamo”), Vitaliy Plamadela (“Buxoro”), Otabek Valijonov (“Navbahor”).

O'tgan tur ramziy terma jamoasiga besh nafar yarim himoyachi kiritildi. SHulardan ikki nafari tayanch yarim himoyachisi. “Olmaliq” tarkibiga kelib qo'shilgan tunislik SHakir Zuagining o'yini turdan turga kuchayib bormoqda. “Qizilqum” bilan kechgan bahsda SHakir o'zidan iliq taassurot qoldirdi, shuningdek, o'yindagi yagona golga mualliflik qildi. Kamoliddin Tojiev ham “Paxtakor”ga qaytganidan beri ko'pincha tayanch chizig'ida to'p surmoqda. U ham bu turda yaxshi harakat qildi.

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, “Dinamo” tarkibida Azamat Bobojonov o'z xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. “Navbahor”dagi Otabek Valijonov bu turda ikkita golli to'p uzatishga erishdi. “Buxoro”ning moldovalik legioneri Vitaliy Plamadela esa “Bunyodkor” darvozasiga to'p kiritdi.

Hujumchilar - SHahboz Erkinov (“Navbahor”), Farhod Tojiev (“Lokomotiv”)

6-turga kelib hujumchilar ham gol urishdi. Xususan SHahboz Erkinov “So'g'diyona” darvozasini uch marta ishg'ol etdi. Farhod Tojiev esa bu turda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. To'g'ri, Ivan Nagaev ham ikkita gol urdi, biroq u ikkinchi to'pni kiritgach, golni nishonlash maqsadida futbolkasini echib oldi va sariq kartochka “ishladi”. SHu bois uni ramziy termaga kiritmaslikni maqul ko'rdik.

Bosh murabbiy - Edgar Gess (“Buxoro”)
Xabaringiz bor, bu mavsumdan “Buxoro”ni Edgar Gess boshqaryapti. Edgar Yakovlevich jamoasi oxirgi uch turda etti ochko ishladi. Uyda “Metallurg”, safarda “So'g'diyona” mag'lub etilgan bo'lsa, o'tgan turda jamoa “Bunyodkor” bilan durang o'ynadi. Bu esa Edgar Gessning ramziy termamizga bosh murabbiy bo'lishiga etarli bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика