So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  7 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  37 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

Oliy liga. 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 5-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 5-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Odatga ko'ra, saytimiz xodimlarining fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, turning ramziy terma jamoasini aniqladik.
5-tur ramziy termasiga “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Buxoro”dan ikki nafar, “Mashal”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Dinamo” va “Qizilqum”dan bittadan o'yinchi kiritildi.

“Metallurg”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Andijon”, “Olmaliq”, “Neftchi” klublaridan esa bu tur jamoasiga hech kim tushmadi. Demak, quyida ramziy terma bilan tanishishingiz mumkin.

DARVOZABON
Botir Nosirov (“Mashal”)

“Mashal” bu tur safarda “Qizilqum” mehmoni bo'lib, 0:0 hisobidagi durangga erishdi. Muborakliklarning gol o'tkazmasligiga darvozabon Botir Nosirovning xizmati katta bo'ldi. U bir necha vaziyatlarda o'z darvozasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.



HIMOYACHILAR
Georgi Kvesieshvili (“Buxoro”)
5-turda “So'g'diyona” mehmoni bo'lgan “Buxoro” 1:0 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytdi. Jizzaxlik muxbirimizning malum qilishicha, shu kuni mehmonlar safida Georgi Kvesieshvili ancha yaxshi o'yin ko'rsatgan. SHu sababli gruziliyalik legionerni ramziy termamizga kiritdik.

Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Islom To'xtaxo'jaev bu turda deyarli bexato o'yin ko'rsatdi. Qolaversa, “Loko”ning javob to'pi kiritilishida munosib hissa qo'shdi. Esingizda bo'lsa, Farhod Tojiev gol urgan vaziyatda unga aynan To'xtaxo'jaev to'pni etkazib berdi.

Egor Krimec (“Paxtakor”)

“Olmaliq” bilan kechgan bahsda Egor Krimec ancha tartibli o'yin namoyish etdi. Qolaversa, o'yindagi yagona golga mualliflik qildi. Krimec kelgach, “Paxtakor”ning himoya chizig'i kuchaydi, u bir necha bor Miladinovichning xatosini to'g'irladi.



Islom Inomov (“Bunyodkor”)
Islom Inomov “Loko”ga qarshi bor kuch bilan harakat qildi. Ehtimol sobiq jamoasiga qarshi o'zini astoydil ko'rsatishni xohlagandir. Qanot yarim himoyachisi qanday o'ynashi kerak bo'lsa, u shunday to'p tepishga harakat qildi.

YARIM HIMOYACHILAR
Kaxi Maxaradze (“Paxtakor”)

“Paxtakor” sardorining o'yin turdan turga ochilib boryapti. “Olmaliq” bilan kechgan bellashuvda Kaxi markazda katta hajmdagi ishni bajardi. U bir necha bor sheriklarini o'tkir to'p uzatishlar bilan taminlab turdi. Qolaversa, himoyadagi ishini ham unutib qo'ygani yo'q.



Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
“Neftchi” bilan kechgan bahsda Artur Gevorkyan gol urish bilan birga golli to'p uzatmani ham qoyillatdi. Bu esa uning tur ramziy jamoasidan o'rin olishiga sabab bo'ldi. Umuman olganda, Gevorkyan har turda o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lyapti.

Samandar SHodmonov (“Qizilqum”)
Samandar o'zining sobiq jamoasi “Mashal”ga qarshi jon-jahdi bilan harakat qildi. U bir necha marta jamoasining hujumlarini boshlab berdi. Garchi “Qizilqum” o'z maydonida g'alaba qozona olmagan bo'lsa-da, qarshilik yarim himoyachi o'z harakatlari bilan ajralib turdi.



Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”)
Jarohatini davolab yana maydonga qaytgan Javlon Ibrohimov tezda avvalgi o'yinini topib oldi. “Jar” stadionida bo'lib o'tgan “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvda Ibrohimov maydon markazida yaxshi o'yin ko'rsatdi. U bir necha bor raqibdan to'pni olib qo'yib, hujum boshlashga muvaffaq bo'ldi.

HUJUMCHILAR
Feruz Boboqulov (“Buxoro”)
Joriy mavsumni Buxoroda boshlagan Feruz Boboqulov bu turda to'p kiritib, jamoasining uch ochkoni qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi. Umuman olganda, Boboqulov yaxshi hujumchi, vaziyat bo'ldi deguncha gol urishni uddalay oladi.

Sanat SHixov (“Dinamo”)

Safarda “Andijon” bilan kechgan o'yinda “Dinamo” 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Bunda Sanat SHixovning oxirgi daqiqalarda kiritgan ikki goli sabab bo'ldi. Natijada hech qanday savol-javobsiz hujumchi tur ramziy termasidan o'rin oldi.  



Bosh murabbiy - Ravshan Haydarov (“Dinamo”)
Uzoq o'ylanishlardan so'ng 5-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib Ravshan Haydarovni tanladik. Bu turda “Andijon”ning o'z maydonida ochko olishi kutilgandi, biroq jamoa “Dinamo”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Natijada samarqandliklar ustozi Ravshan Haydarov jamoasi o'ziga xos sensaciya sohibi bo'ldi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика