So’nggi yangiliklar

07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2

Oliy liga. 3-turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 3-turning ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 3-tur bahslari yakuniga etdi. Odatga ko'ra turning eng yaxshilarini aniqladik.
3-turning ramziy terma jamoasiga “Mashal”dan uch futbolchi, “Paxtakor”dan ikki futbolchi, “Navbahor”, “Neftchi”, “Qizilqum”, “Metallurg”, “Lokomotiv” va “Olmaliq”dan bittadan o'yinchi kiritildi.

Eng yaxshi murabbiy sifatida “Paxtakor” futbol klubi bosh menejeri Samvel Babayanni tanladik. “Paxtakor” Samvel Babayan boshchiligida uchta o'yin o'tkazib, uchalasida ham g'alaba qozondi, buning ustiga o'z darvozasidan atigi bitta gol o'tkazdi.

DARVOZABON
Artyom Makosin (“Qizilqum”)

Garchi “Qizilqum” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Makosin o'z darvozasini ishonchli tarzda qo'riqladi. Golni ham standart vaziyatdan o'tkazib yubordi. Boshqa vaziyatlarda bir necha bor muqarrar goldan qutqarib qoldi.



CHAP QANOT HIMOYACHISI
Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)

Merzlyakov chap qanot himoyasida ancha ishonchli harakat qildi. Uning o'yinida o'sish borligi ko'rinib turibdi. Jamoasi hujumlarida ham faol bo'ldi.  

O'NG QANOT HIMOYACHISI
Jahongir Jiyamurodov (“Neftchi”)

Jiyamurodov sekin-asta “Neftchi”ning to'purariga aylanib bormoqda. U 2-turda bo'lgani kabi 3-turda ham gol muallifi bo'ldi. “Neftchi” 3ta o'yinda ikkita gol urdi va ikkalasi ham sirdaryolik himoyachi hisobiga yozildi.

 

MARKAZIY HIMOYACHILAR
SHerzod Fayziev (“Mashal”)
SHukurali Po'latov (“Navbahor”)

SHerzod Fayziev yosh bo'lishiga qaramay, sardorlikni yaxshi uddalamoqda. U safarda “Andijon” bilan kechgan bahsda himoyada yaxshi harakat qildi, “Mashal”ning gol o'tkazishiga yo'l qo'ymadi.
“Navbahor”dagi SHukurali Po'latov esa bu turda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, himoyada ham deyarli bexato o'yin ko'rsatdi.  

CHAP QANOT YARIM HIMOYACHISI
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”)
Mirzohid G'ofurov “Mashal”ga kelgach, birmuncha o'sishga erishdi. U qanot yarim himoyasida ancha faol harakat qilmoqda. “Mashal”ning safardagi o'yinida u yaxshi harakat qildi.

O'NG QANOT YARIM HIMOYACHISI
SHohnazar Norbekov (“Metallurg”)

Norbekov – istedodli futbolchilardan biri. Garchi “Metallurg” g'alaba qozona olmagan bo'lsa-da, SHohnazar o'zining aldamchi harakatlari bilan ajralib turdi.



TAYANCH YARIM HIMOYACHILARI
Kaxi Maxaradze (“Paxtakor”)

Sanjar SHoahmedov (“Olmaliq”)
Gruziyalik futbolchi Maxaradze bu turda gol urdi. SHoahmedov to'p kirita olmagan bo'lsa ham, hakamlar adashib “Olmaliq”ning golini shu futbolchi nomiga yozib yuborishdi. Lekin butun o'yin davomida Sanjar dadil va faol to'p tepdi.



HUJUMCHILAR
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)
Ivan Nagaev (“Lokomotiv”)

3-tur ramziy termasiga kiritilgan har ikkala hujumchi safarda gol urdi va bu gollar g'alaba keltirdi. Qo'ziboev ham, Nagaev ham o'zining mavsumdagi ikkinchi golini nishonlashdi.



Bosh murabbiy: Samvel Babayan (“Paxtakor”)
“Pro” licenziyasi sohibi Samvel Babayan boshchiligida “Paxtakor” ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. “Paxtakor” dastlabki uch o'yinni g'alaba bilan yakunlagan yagona jamoa bo'lib turibdi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика