So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  1 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Oliy liga, 3-tur. Statistika va faktlar Yangiliklar

Oliy liga, 3-tur. Statistika va faktlar

Oliy liga 3-tur bahslari ham yakunlandi. Ushbu turning qiziqarli malumotlari va faktlari haqida so'zlab o'tamiz.

CHempionatimizning 3-turida kiritilgan gollar soni o'tgan safargiga nisbatan pasaydi. Ushbu turda sensaciya deyarli qayd etilmadi. Birgina kutilmagan natija bu "Bunyodkor"ning o'z maydonida "Olmaliq" bilan qayd etgan durangi bo'ldi. "Olmaliq" o'z oldiga asta-sekin maqsadlar qo'yishni boshlamoqda va kuchli jamoa bo'lib shakllanmoqda. Demak 3-turda katta sensaciyalar qayd etilmadi. CHempionatning ilk yirik g'alabasi 3-turga kelib sodir bo'ldi. Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida "Buxoro"ga javobsiz uchta to'p yo'lladi.


Oliy liga, 3-tur statistikasi va faktlari:

Kiritilgan gollar: 14

G'alabalar: 5

Mezbon jamoa g'alabasi: 2

Mehmon jamoa g'alabasi: 3

Durang: 2

Eng qo'pol o'yin: "Navbahor" - "Neftchi" 1:1 (7 ta ogohlantirish va 1 ta qizil)

Eng tartibli o'yin: "Metallurg" - "Lokomotiv" 0:1 (4 ta ogohlantirish)

Eng qo'pol jamoa: "Paxtakor" (4 ta ogohlantirish)

Eng tartibli jamoa: "Nasaf" (ogohlantirishlarsiz)

Tomoshabop o'yin: "So'g'diyona" - "Dinamo" 1:3

Zerikarli o'yin: "Metallurg" - "Lokomotiv" 0:1

Eng ko'p tashrif buyurgan ishqibozlar: "Navbahor" - "Neftchi" 1:1 (12579 tomoshabin)

Eng kam tashrif buyurgan muxlislar: "Bunyodkor" - "Olmaliq" 1:1 (1425 tomoshabin)

Tomoshabinlar tashrifi jami: 41971 tomoshabin

O'rtacha tomoshabinlar tashrifi har bir o'yinga: 5995 tomoshabin

Turning kutilmagan natijasi: "Bunyodkor" - "Olmaliq" 1:1

Ogohlantirishlar soni: 38

CHetlatishlar: 2

CHempionatdagi ilk chetlatish 3-turga kelib sodir bo'ldi. "So'g'diyona" futbolchisi Elyor Oripov mavsumdagi ilk qizil kartochkani oldi. Ushbu turda ketma-ket ikkinchi chetlatishga ham guvoh bo'ldik. "Vodiy derbisi"dagi bahsda Baxtiyor Yoqubov ham hakam tomonidan chetlatildi. "Andijon" jamoasi uch turdan buyon raqib darvozasiga yo'l topa olmayapti. CHempionatda faqatgina "Andijon" gol urmay kelmoqda. O'tgan turga nisbatan muxlislar tashrifi oshdi. Bu borada "vodiy derbi"si va Andijondagi bahsning xizmatlari yuqori. Yana bir qiziq jihati shuki, "Lokomotiv" jamoasi ikkinchi g'alabani yana safarda qayd etdi va yana Ivan Nagaevning kiritgan yagona goli ularga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu turda jami kiritilgan 14 ta golning atiga  to'rttasini hujumchilar, sakkiztasini yarim himoyachilar va ikkitasini himoyachilar kiritishdi.


SHahboz Beg'amov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика