So’nggi yangiliklar

23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  0 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5

Oliy liga-2014 yakunlari. Mavsum gvardiyachilari haqida Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. Mavsum gvardiyachilari haqida

2014 yilgi O'zbekiston milliy chempionati o'z yakuniga etganiga bir haftadan oshdi.
Doimgidek yakunlangan mavsum statistikasi bilan tanishtirshda davom etamiz.

Bu yil to'rt nafar futbolchi oliy liganing barcha o'yinlarida, o'zgarishlarsiz harakat qildi.

"Nasaf" etakchisi Artur Gevorkyan 26ta o'yinda to'liq o'ynab raqiblar darvozasiga 18ta gol urdi. Turkmanistonlik legioner bu yil chempionat to'purariga aylanganidan xabaringiz bor. Ro'ziqul Berdiev bejizga Arturni jamoa sardori etib tayinlamagani ko'rinib turibdi.



"Paxtakor" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan Aleksandr Lobanov bu yil barcha o'yinlarda "sherlar" darvozasini qo'riqladi. Mavsum davomida o'z darvozasidan 14ta gol o'tkazib yuborgan Lobanov 15ta uchrashuvni "quruq" o'tkazdi.



Moldovalik darvozabon Aleksandr Melenchuk "So'g'diyona" sardori sifatida barcha o'yinlarda jamoani maydonga boshlab tushdi. To'g'ri Jizzax klubi uchun mavsum omadsiz keldi. Biroq, Melenchuk imkon qadar o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga urindi. "So'g'diyona" 5ta o'yinda o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi. Raqiblar Melenchuk qo'riqlagan darvozaga 26ta o'yinda 49ta to'p kiritishdi.



"Metallurg"ning ko'p yillik sardori Hikmat Hoshimov ham yuqoridagi uch futbolchi kabi bu yil barcha o'yinlarda to'liq ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. 35 yoshli himoyachi bu yil raqiblar darvozasiga bitta gol urdi va 2 bor ogohlantirish oldi.

Statistikaga nazar solib 24 nafar futbolchi kamida 25ta o'yinda qatnashganiga etibor qildik. "Paxtakor"dan 5, "Qizilqum"dan 4, "Metallurg"dan 3 nafardan futbolchi ushbu ro'yxatdan o'rin olgan.

"Bunyodkor", "Olmaliq", "Andijon" hamda "Mashal" futbolchilaridan hech kim bizning ro'yxatimizda yo'q.

 
Futbolchi Jamoa Amp T.sana O' Daq Gol SK QK
Gevorkyan Artur "Nasaf" Yahm 11/22/1984 26 2340 18 2 0
Lobanov Aleksandr "Paxtakor" Dar 1/4/1986 26 2340 0 0 0
Melenchuk Aleksandr "So'g'diyona" Dar 3/20/1979 26 2340 0 0 0
Hoshimov Hikmat "Metallurg" Him 11/12/1979 26 2340 1 2 0
Eminov Sardor "So'g'diyona" Yahm 1/28/1987 26 2261 4 0 0
Berdimurodov Raxmatullo "Navbahor" Yahm 10/24/1987 26 2235 0 2 1
Vagapov Ruslan "Qizilqum" Yahm 1/22/1980 26 2203 2 3 0
Agaliev Avaz "Dinamo" Him 12/20/1988 26 2145 0 2 0
Toshmatov Murodjon "Metallurg" Him 6/21/1991 26 2129 2 2 0
Makosin Artem "Qizilqum" Dar 10/29/1985 25 2250 0 1 0
To'raev Lutfulla "Lokomotiv" Yahm 3/30/1988 25 2200 2 4 0
Maxaradze Kaxi "Paxtakor" Yahm 10/20/1987 25 2163 7 6 0
Ziyovutdinov Alisher "Metallurg" Yahm 6/27/1992 25 2139 4 3 0
Samatov Alisher "Navbahor" Him 10/23/1989 25 2129 0 7 0
Iskanderov Jamshid "Paxtakor" Yahm 10/16/1993 25 2114 6 4 0
Yunusov Ilhom "Nasaf" Yahm 5/3/1982 25 2103 2 3 1
Ermatov Dilyorbek "Neftchi" Him 4/30/1989 25 2082 0 5 0
Qurbanov Mirjalol "Qizilqum" Him 4/28/1990 25 2061 0 3 1
Sergeev Igor "Paxtakor" Huj 4/30/1993 25 2008 11 0 0
Rustamov Akmal "Qizilqum" Him 2/8/1986 25 1982 3 6 0
Plamadela Vitaliy "Buxoro" Yahm 1/21/1985 25 1938 1 1 0
Kozak Vladimir "Paxtakor" Yahm 6/6/1993 25 1897 5 2 0
Rahimov Ibrohim "Lokomotiv" Him 9/29/1984 25 1895 2 0 0
Tojiev Zayniddin "Dinamo" Huj 6/21/1977 25 1656 2 7 0

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика