So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  4 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

Oliy liga-2014 yakunlari. Futbolchilari umuman qizil olmagan "Olmaliq" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. Futbolchilari umuman qizil olmagan "Olmaliq" haqida

Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mashal" va "Dinamo" klublari haqida malumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 6-o'rinni olgan "Olmaliq" klubiga etib keldi.
 
Igor SHkvirin boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsum 5-o'rinni band etgandi, bu esa jamoa bitta o'rin pastga tushdi. Jamoa safida 27 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan olti nafari legionerlar. Darko Stanoevich, Sanjar SHoahmedov va Zohir Pirimov 24tadan o'yinda ishtirok etib jamoada eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylanishdi. 4tadan gol urgan SHaker Zuagi, Diyor Turopov hamda SHerzod Hakimov jamoa to'purari bo'lishdi.



Tunislik yarim himoyachi SHaker Zuagi 5 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Olmaliq" futbolchilari umuman qizil kartochka olmagan yagona jamoaga aylandi. Klub xuddi 2012 yilda bo'lgani kabi 2014 yilda ham "Feyr Pley" sovriniga ega chiqadi.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

Futbolchi Amp. T.sana. O'yin Daq Gol SK QK
Stanoevich Darko Him 4/12/1987 24 2115 0 0 0
SHoahmedov Sanjar Yahm 9/23/1990 24 1907 3 4 0
Pirimov Zohir Yahm 3/6/1990 24 1608 2 2 0
Jo'raboev Obid Him 2/17/1986 22 1906 3 4 0
Zuagi SHaker Yahm 1/10/1985 22 1765 4 5 0
Abdurahmonov Doston Yahm 5/5/1990 21 1579 0 2 0
Yahmvonov Zafar Huj 2/19/1985 21 1315 3 1 0
Isroilov Azamat Him 10/29/1991 21 1188 2 0 0
Abibullaev Dilyaver Yahm 3/4/1987 21 1058 3 1 0
Turopov Diyor Yahm 7/9/1994 19 1254 4 1 0
Hojiakbarov Abduqahhor Him 7/18/1989 15 1257 0 2 0
Mullajonov SHavkat* Him 1/18/1986 13 1170 0 3 0
Xonimqulov Umid Dar 8/17/1982 13 1170 0 0 0
Isoqjonov Islombek Huj 4/29/1993 12 566 2 0 0
Pavlenko Nikita** Yahm 2/25/1994 12 497 0 1 0
Alempievich Aleksandr* Yahm 7/25/1988 11 864 3 2 0
Hakimov SHerzod* Yahm 3/13/1987 11 466 4 4 0
Gogol Evgeniy** Him 1/20/1986 10 837 0 2 0
Jiyamurodov Jahongir** Yahm 11/4/1987 10 790 0 0 0
Ortiqov Akmal** Dar 1/30/1987 7 630 0 0 0
Jo'raev Sarvarjon Him 12/23/1986 7 585 0 0 0
SHomurodov Maqsatmurot* Dar 5/6/1984 6 540 0 1 0
Akramov Iqbol* Yahm 10/10/1983 5 238 0 0 0
Hakimov Temur** Huj 8/23/1994 4 98 0 0 0
Franjich Petar** Him 4/7/1992 3 166 0 0 0
Kagirov Timur Him 5/24/1985 3 144 0 0 0
Mirzaev SHarif Huj 3/6/1992 1 27 0 0 0

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Olmaliq" bu yil jami 33ta gol urdi va 38ta gol o'tkazib yubordi. 5ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 7ta uchrashuvda olmaliqliklarning o'zlari to'p kirita olishmadi. "Olmaliq" bu mavsum safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmagan uchta jamoadan biriga aylandi. "Metallurg" va "Andijon" ham safarda uch ochkoga ega chiqa olishmadi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar 26
Gollar 33
Uydagi gollar 21 (63.64%)
Mehmondagi gollar 12 (36.36%)
O'tkazilgan gollar 38
Uyda o'tkazilgan gollar 15 (39.47%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 23 (60.53%)
O'rtacha gol 1.27
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.46
Uydagi ochkolar 26/39 (66.67 %)
Mehmondagi ochkolar 5/39 (12.82 %)
Eng yirik g'alaba 4:2 - "So'g'diyona"
Eng yirik mag'lubiyat 0:3 - "Lokomotiv", "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar 5 (19.23%)
Gol ura olmagan o'yinlar 7 (26.92%)
Irodagi g'alaba 2
Yirik g'alabalar 0
Yirik mag'lubiyatlar 2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 35 (1.35)
CHetlatishlar (o'rtacha) 0 (0)
Maydonga tushganlar (legioner) 27 (6)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 127664 / 4910



Olmaliqliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26ni tashkil etdi. Darvozabon Umid Xonimqulov maydonga tushgan eng keksa futbolchi bo'ldi. Diyor Turopov maydonga tushgan, gol urgan hamda sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

Yosh Futbolchi

Eng yosh gol urgan

19,249 Turopov Diyor

Eng keksa gol urgan

29,300 Zuagi SHaker

Eng yosh maydonga tushgan

19,249 Turopov Diyor

Eng keksa maydonga tushgan

32,82 Xonimqulov Umid

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,257 Turopov Diyor

Eng keksa sariq kartochka olgan

29,340 SHomurodov Maqsatmurot


Saytimiz xodimlari tomonidan SHaker Zuagini "Olmaliq”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Islombek Isoqjovni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Metallurg" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика