Oliy liga-2014. "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi Kosonsoyda bo'ladi
08 mar 2014 13:15
Yangiliklar

Oliy liga-2014. "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi Kosonsoyda bo'ladi
Yana bir haftadan keyin navbatdagi O'zbekiston chempionati ham start oladi.
Xabaringiz borki, “Navbahor” markaziy o'yingohida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari hali yakunlanganicha yo'q. Qolaversa, joriy yilning may oyida “Barkamol Avlod” sport musobaqasining ochilish va yopilish marosimlari ham aynan “Navbahor” o'yingohida o'tkaziladi. Aynan shu sabablar tufayli jamoamiz chempionatning dastlabki turlaridan o'rin olgan uy uchrashuvlarini Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazib turadi. CHempionatning ilk turida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qilishimizdan muxlislarimizni xabarlari bor.
Mazkur uchrashuv Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Ayni paytda o'yingohda joriy tamirlash ishlari olib borilmoqda. Muxlislarimizga qo'shimcha malumot tariqasida “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 mart kuni soat 15.30da boshlanishini etirof etish joiz.

Fikrlar