So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  36 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Paxtakor” Yangiliklar

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Paxtakor”

Ertaga navbatdagi milliy chempionatimiz start oladi.
Odatdagidek bu yil oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalar haqida qisqacha to'xtalishda davom etamiz. Demak, ko'zguda – “Paxtakor”.

O'TGAN YILGI O'RNI: 4
“Paxtakor” o'tgan mavsmuni 4-o'rinda yakunladi va OCHLsiz qoldi. Bundan kimdir xafa bo'ldi, kimdir to'g'ri tushundi. Lekin jamoaning bu yilgi maqsadlari ulkan.

BOSH MENEJER: Samvel Babayan
Murod Ismoilov “Neftchi”ga o'tib ketganidan so'ng jamoa bosh murabbiysiz qoldi. Ammo oradan ko'p o'tmay klub menejeri Samvel Babayan barchasini o'z zimmasiga olishini malum qildi. Ayni payt “Paxtakor”da Babayan barcha natijalar uchun masul shaxs hisoblanadi.

ENG YAXSHI XARID: Egor Krimec
Krimecni xarid deb bo'lmaydi, chunki Xitoyda ijara asosida to'p tepayotgan edi. Himoyachi Xitoydan qadrdon jamoasi “Paxtakor”ga qaytdi. SHubhasiz, u bilan jamoaning himoya chizig'i kuchaydi.

ENG KATTA YO'QOTISH: Oybek Qilichev
Oybek Qilichev – iqtidorli futbolchi. Mehnatkash va ancha tirishqoq. U og'ir mehnatdan qochmaydi. Albatta, bunday o'yinchining yo'qligi “Paxtakor”ga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin, bu – futbol, kimdir keladi, kimdir ketadi.

JAMOA ETAKCHISI: Kaxi Maxaradze
Jamoa etakchisi hozircha Kaxi Maxaradze bo'lib turibdi. Gruziyalik legioner maydon markazida katta hajmdagi ishni bajarib kelmoqda. Qolaversa, u jamoa sardori. Bir so'z bilan aytganda, sheriklarini ortidan etaklay oladi.

O'ZINI KO'RSATISHI KUTILAYOTGAN FUTBOLCHI: Jamshid Iskanderov
Iskanderov o'tgan yiliyoq kashf qilib bo'lingandi. Endi uning bu yilgi chempionatda yanada o'zini ko'rsatishi qolyapti. O'ylaymizki, Jamshid yildan yilga pishib etilib bormoqda.

CHEMPIONATNI KIMGA QARSHI BOSHLAYDI: safarda “Andijon”
“Paxtakor” 1-turni ertaga “Andijon”ga qarshi o'tkazadi. Juda qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика