So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  36 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Olmaliq” Yangiliklar

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Olmaliq”

Ertaga navbatdagi milliy chempionatimiz start oladi.
Odatdagidek bu yil oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalar haqida qisqacha to'xtalishda davom etamiz. Demak, ko'zguda – “Olmaliq”.

O'TGAN YILGI O'RNI: 5
“Olmaliq” uchun o'tgan mavsum yaxshi yakun topdi. Jamoa 5-o'rinni qo'lga kiritdi. Jamoa bu yil ham kuchli beshlikka kirish uchun kurash olib borishini malum qildi.

BOSH MURABBIY: Igor SHkvirin
“Olmaliq” oliy ligada ishtirok etishni boshlaganidan beri klubni Igor SHkvirin boshqarib kelyapti. SHkvirin – malakali murabbiy, u iqtidorlarni ko'ra oladi. Bundan tashqari, hadeb natijaning ortidan quvishdan ko'ra yosh kadrlarni tarbiyalab chiqarishni maqul deb biladi.

ENG YAXSHI XARID:
Aleksandr Alempievich (Serbiya)
Tunislik SHaker Zuagi borasida hozircha malumotga ega emasmiz. Lekin o'zim ko'rgan o'yinlarda jamoaning serbiyalik legioneri Aleksandr Alempievich iliq taassurot qoldirdi. Bu futbolchi tez orada mashhur bo'lib ketsa ajab emas.  

ENG KATTA YO'QOTISH: Bahrom Yuldashev
Jamoa uchun Bahrom Yuldashev ham ancha mehnat qildi. Uning hali ko'p foydasi tegishi mumkin edi, biroq klub o'z qarorini tanladi va futbolchi bilan xayrlashdi. Lekin Bahromning o'rnini Azamat Isroilov bilan Obid Jo'raboev bilintirmasa kerak.

JAMOA ETAKCHISI: Sanjar SHoahmedov
Sanjar SHoahmedov uchun “Olmaliq”ning yaqqol etakchisi bo'lish fursati keldi. Maydon markazida va hujumchi ortida birdek harakat qila oladigan SHoahmedov bu yil ham o'zini ko'rsatmasa bo'lmaydi. O'zbek futboliga mana shunday kadrlar kerak.

O'ZINI KO'RSATISHI KUTILAYOTGAN FUTBOLCHI: Diyor Turopov
Jizzaxlik Diyor Turopovda ham iqtidor yashirinib yotibdi. Uni esa Igor SHkvirini ochishi mumkin. Turopov o'tgan yil jahon chempionatida o'zini ko'rsata olgandi. U “Olmaliq”da ham yarq etib porlashi kerak.

CHEMPIONATNI KIMGA QARSHI BOSHLAYDI: uyda “Metallurg”
“Olmaliq” 1-turni bir kun keyin yani, 16 mart kuni o'tkazadi. Jamoa shu kuni o'zining yangi stadionida “Metallurg”ni qabul qiladi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика