Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Bunyodkor”
13 mar 2014 14:30
Yangiliklar
SHu munosabat bilan bu yilgi oliy liganing har bir ishtirokchisiga to'xtalishni lozim topdik. Demak, jamoalar haqida qisqacha malumot berishni birinchi galda amaldagi chempion va Kubok sohibi “Bunyodkor”dan boshlaymiz.
“Bunyodkor” allaqachon uchta rasmiy uchrashuv o'tkazib bo'ldi. Jamoa yaqinda Superkubokni qo'lga kiritdi, lekin oradan ko'p o'tmay OCHLda yutqazib qo'ydi. Endi “qaldirg'ochlar” 19 mart kuni Eronning “Fulad” jamoasini qabul qilishadi.
O'tgan yilgi o'rni: 1
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov
Mirjalol Qosimovga bir paytning o'zida ham terma jamoada, ham klubda ishlashi og'irlik qilyapti. CHunki har ikkalasi oldiga yuqori maqsadlar qo'yiladi. Qosimov uchun bu yil chempionlik va Kubokni saqlab qolish oson bo'lmasa kerak.
Eng yaxshi xarid: Karles Koto (Ispaniya)
“Bunyodkor”ning eng katta xaridi Karles Koto bo'ldi desak yanglishmaymiz. Bu o'yinchida nimadir bor, lekin jamoa o'yiniga to'liq kirishib keta olgani yo'q. Unga biroz vaqt kerakka o'xshaydi.
Eng katta yo'qotish: Ignatiy Nesterov/Lutfulla To'raev
“Al Jaish” bilan o'yinda Nesterov bilan To'raevning yo'qligi yaqqol bilindi. Murod Zuxurov hali u darajada kuchli darvozabon emas, buni o'tkazib yuborgan gollardan ham bilsa bo'ladi. To'raev ketganidan keyin Javlon Ibrohimovning bir o'zi maydon markazida yakkalanib qoldi.
Jamoa etakchisi: Aleksandr Pishur
Nima bo'lgan taqdirda ham, klubning hozirgi etakchisi ukrainalik forvard Aleksandr Pishur. Usiz jamoa hujumda ancha qiynalib qolishi turgan gap. Pishur gol ham urishi, golli to'p uzatishi ham mumkin. Undan aksariyat himoyachilar hayiqadilar.
Kashfiyot bo'lishi kutilmoqda: Sardor Sobirxo'jaev
Sardor Sobirxo'jaev “portlashi” uchun unga ko'proq o'yin amaliyoti kerak. Ammo astoydil harakat qilsa, markazda bemalol Javlon bilan tandem bo'la oladi.
CHempionatni kimga qarshi boshlaydi: uyda “Qizilqum”
“Bunyodkor” mavsumni “Qizilqum”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. O'yin 15 mart kuni “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar