So’nggi yangiliklar

23:43"Реал Овьедо" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  0 23:01"Аталанта" — "Пиза" ва "Ювентус" — "Парма" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  2 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  3 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1

Oliy liga. 2-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 2-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada birgina "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" o'rtasidagi bahsni hisobga olmaganda 2-turdan o'rin olgan barcha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
"Neftchi" safarda "Lokomotiv" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Olmaliq" o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi. "Bunyodkor" esa Vohid SHodievning ikkita goli evaziga safarda "Qizilqum"ni engib qaytdi. Biz saytimiz odatiga binoan 2-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. Albatta, qoldirilgan bitta o'yin borligini ham inobatga oldik, biroq "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" bahsi qachon bo'ladi deb kutib o'tirsak, orada yana nechtadir tur o'tib ketishi turgan gap. SHu bois boshqa o'yinlarni kuzatgan holda ramziy jamoaga futbolchilarni saralab oldik.



DARVOZABON
Evgeniy CHeremisin ("Neftchi")

HIMOYACHILAR
Umar Eshmurodov ("SHo'rtan")
Islom Inomov ("Olmaliq")
Nemanya Yanichich ("Lokomotiv")
Oybek Nurboev ("Neftchi")

YARIM HIMOYACHILAR
Azim Ahmedov ("Navbahor")
Alisher Ziyovuddinov ("Metallurg")
Nikolay CHipev ("Dinamo")
SHavkat Salomov ("Olmaliq")

HUJUMCHILAR
Vladislav Ivanov ("Mashal")
Vohid SHodiev ("Bunyodkor")

Bosh murabbiy: Rustam Mirsodiqov ("Metallurg")

Darvozaga hech ikkilanmay "Neftchi" posboni Evgeniy CHeremisinni qo'ydik. CHunki rossiyalik posbon "Lokomotiv" bilan kechgan bahsda ancha ishonchli harakat qildi. U bir nechta vaziyatlarda o'z darvozasini muqarrar goldan saqlab qoldi.



Himoyachilardan Umar Eshmurodov, Islom Inomov, Nemanya Yanichich, Oybek Nurboev kabilar ramziy termaga kiritildi. Umar Eshmurodov yosh bo'lishiga qaramay, allaqachon "SHo'rtan"da o'z o'yinini topib keta oldi. Islom Inomov esa "Nasaf" bilan kechgan uchrashuvda yaxshi harakat qildi. SHuningdek, "Lokomotiv" - "Neftchi" bahsida har ikki jamoa himoyachilari - Nemanya Yanichich bilan Oybek Nurboev boshqalarga nisbatan birmuncha yaxshi o'yin ko'rsatishdi.



Bu tur yarim himoyachilardan Azim Ahmedov chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Metallurg" vakili Alisher Ziyovuddinov "Navbahor" bilan o'yinda o'zini ko'rsatdi. Qolaversa, u ham to'p kiritishning uddasidan chiqdi. "Dinamo"ning bolgariyalik legioneri Nikolay CHipev tez orada jamoasining eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylansa ajab emas. Yangi mavsum arafasida "Olmaliq"qa kelib qo'shilgan SHavkat Salomov yana tilga tusha boshladi. U "Nasaf" bilan kechgan bahsda yaxshi harakat qildi.



"Mashal"ning legioner hujumchisi Vladislav Ivanov ketma-ket ikkinchi turda ham gol kiritdi. U avvaliga "Navbahor", mana endi "Andijon" darvozasini ishg'ol qildi. Vohid SHodiev esa bu turda dublga erishdi. SHodiev "Bunyodkor"ga o'zining sobiq jamoasi ustidan g'alaba qozonishga munosib yordam berdi.



Saytimiz xodimlari bilan o'zaro maslahatlashgan holda ramziy terma jamoaga bosh murabbiy etib Rustam Mirsodiqovni tanladik. Negaki "Metallurg" 1-turda "Lokomotiv"ni qimmatli ikki ochkodan mahrum qilgandi, bu safar "Navbahor" maydonida durangga erishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, Rustam Mirsodiqov jamoani mavsumga yaxshi tayyorlagan.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика