So’nggi yangiliklar

09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  0 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  0 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  3 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4

Oliy liga. 14-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 14-tur ramziy terma jamoasi

3 avgustdan oliy liganing ikkinchi davra uchrashuvlariga start berildi.
SHu kuni 14-turdan o'rin olgan oltita o'yin o'tkazilgan bo'lsa, kecha “Lokomotiv” - “Navbahor” bahsi bilan navbatdagi tur ham yakuniga etdi. Biz esa saytimiz odatiga ko'ra 14-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Ushbu turning eng yaxshilari qatoriga “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, “Nasaf” va “Mashal”dan futbolchilar kiritildi. Demak, oliy liganing ettita klubidan o'yinchilarni tanlab oldik. Ayrim sabablarga ko'ra, “Andijon”, “Olmaliq”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Buxoro”, “Qizilqum” va “Dinamo”dan ramziy termaga hech kim loyiq ko'rilmadi.

DARVOZABON
Akbar To'raev (“Bunyodkor”)



“Bunyodkor” safarda “Qizilqum”ni 2:0 hisobida dog'da qoldirib qaytdi. Bu o'yinda darvozabon Akbar To'raev yaxshi harakat qildi. U bir necha bor o'z darvozasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Umuman olganda, Akbar ramziy termadan joy olishga loyiq darvozabon.

HIMOYACHILAR
Egor Krimec (“Paxtakor”)
Sardor Rahmonov (“Neftchi”)
Ibrohim Rahimov (“Lokomotiv”)
Hikmat Hoshimov (“Metallurg”)

“Paxtakor” o'z maydonida “Andijon”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur bellashuvda mezbonlar himoyachisi Egor Krimec doimgidek ajralib turdi. U himoyada yaxshi o'ynash bilan birga standart vaziyatlarda hujumga ham qo'shilib turdi. SHuningdek, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.



Ijara asosida “Neftchi” tarkibiga borib qo'shilgan Sardor Rahmonov o'zining birinchi o'yinidayoq jamoaga tezda kirishib keta oldi. Natijada murabbiy unga to'liq 90 daqiqa o'ynash imkonini berdi va futbolchi o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi.  

Vadim Abramov qo'l ostida Ibrohim Rahimov ancha yaxshi to'p tepyapti. U birinchi davrada o'zini ko'rsata olgandi. Kecha o'tkazilgan “Navbahor”ga qarshi bellashuvda ham o'ng qanotda faol harakat qildi. Tez-tez jamoasining hujumlarida ishtirok etdi.

“Metallurg” sardori Hikmat Hoshimov esa bu turda ikkita golli to'p uzatishni amalga oshirdi. Natijada uning jamoasi raqib “Olmaliq” ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.

YARIM HIMOYACHILAR
Akbar Ismatullaev (“Paxtakor”)
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Jahongir Abdumo'minov (“Mashal”)
Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”)

Akbar Ismatullaevning jarima zarbalari borgan sari xavfli ko'rinish olmoqda. Oxirgi o'yinda aynan uning ikki marta amalga oshirgan jarima to'pi gol bilan yakunlandi. Va har ikkalasida ham Akbar to'pni ajoyib tarzda sheriklariga etkazib berdi.

Artur Gevorkyanni har qancha maqtasak oz. Turkmanistonlik futbolchi deyarli har turda o'zini ko'rsatib kelmoqda. Bu safar ham Gevorkyan o'z so'zini ayta oldi. “Dinamo” bilan kechgan bellashuvda “Nasaf” sardori ikkita gol urishning uddasidan chiqdi.



Muborakda bo'lib o'tgan “So'g'diyona”ga qarshi uchrashuvda “Mashal” g'alaba qozondi va bu o'yinda Jahongir Abdumo'minov yaxshi harakat qildi. Jahongir birinchi davrada o'zini unchalik ko'rsata olmagandi. Ehtimol, mavsumning ikkinchi yarmida uning o'yini qovushib ketar.

“Qizilqum” bilan kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida to'p kiritib, jamoasi g'alabasini taminlagan Javlon Ibrohimov maydon markazida katta hajmdagi ishni bajardi. U doimgidek “qora mehnat” bilan mashg'ul bo'ldi, shuningdek hujumda ham faol ishtirok etdi.  

HUJUMCHILAR
Aleksandr Geynrix (“Lokomotiv”)
Ilhom SHomurodov (“Nasaf”)

Aleksandr Geynrix yana qaytdi va gol urishni boshladi. SHubhasiz, u “Navbahor” bilan kechgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Sasha dastlab o'zi hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik u tomonidan boshlab berilgan hujum gol bilan yakunlandi. Umuman olganda, mehmon himoyachilari Geynrixga qarshi aytarli hech narsa qila olishmadi.



Ilhom SHomurodov ham ikkinchi davrada o'zini to'liq namoyon etsa ajab emas. Surxondaryolik hujumchi “Dinamo” darvozasiga to'p kiritishdan tashqari jamoasiga penalti ishlab berdi. Natijada uni ham ramziy termaga kiritdik.  

BOSH MURABBIY
Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)



14-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida Ro'ziqul Berdiev nomzodiga to'xtaldik. Albatta, “Nasaf”ning safarda “Dinamo”ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etishini hech kim kutmagan bo'lsa kerak. Ammo qarshiliklar buning uddasidan chiqishdi. Jamoa bosh murabbiyi “Nasaf” rivoji uchun astoydil mehnat qilmoqda. Ro'ziqul Sadullaevichning keyingi ishlarida ham omad tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика