So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  32 20:20"Арсенал" — "Лидс". Таркиблар маълум  1 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  45 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  4 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  39 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  1 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  2 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2

Oliy liga, 12-tur. Eng yuqori ballni yana Kovalenko oldi! Yangiliklar

Oliy liga, 12-tur. Eng yuqori ballni yana Kovalenko oldi!

Odatdagidek poyoniga etgan 12-turda ishlagan hakamlarning qanday ball olganiga etibor qaratamiz.
Oliy liganing 12-tur o'yinlari bir kunda, yani 14 iyun kuni bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 7ta uchrashuvda tabiiyki o'z-o'zidan 7 nafar bosh hakam ishladi.

Etiborga molik jihati oxirgi turlarda hakamlarga yuqori baho qo'yilmoqda.

Ulardan Valentin Kovalenko yana eng yuqori ball olgan hakam sifatida qayd etildi. Namanganda kechgan “Navbahor” – “Olmaliq” (3:1) bahsini boshqarib borgan FIFA referisi shu kuni nazoratchi hakam Dmitriy Roman tomonidan 9,5 ballga munosib ko'rildi. Bu esa 12-turda ishlagan hakamlarning olgan baholariga ko'ra, eng yuqorisi bo'ldi.

Aksincha nazoratchi hakam tomonidan nisbatan past olgan hakam Temur To'xtasinov bo'ldi. Andijonlik hakam Jizzaxda “So'g'diyona” – “Paxtakor” (0:1) o'yinini boshqarib bordi va nazoratchi Radik Serazetdinov tomonidan 7,7 ball bilan baholandi.

“Neftchi” – “Lokomotiv” bahsida ishlagan hakamlarning olgan baholari etiborimizni tortmasdan qolmadi. SHu kuni o'yin tizginini biroz qo'ldan chiqarib yuborgan Baxtiyor Namozovga 8,9 ball uning yordamchilariga esa 9,0 ball qo'yilganini sira tushunmadik. CHunki ushbu hakamlar brigadasi shu kuni ko'p vaziyatlarni xolis baholay olmadi. Bu esa stadionga tashrif buyurgan muxlislarda etiroz keltirib chiqardi.
   
12-turda ishlagan bosh hakamlar
1. Baxtiyor Namozov (Toshkent) – 8,9.
2. Rustam Bobomurodov (Navoiy) – 8,6.
3. Valentin Kovalenko (Toshkent) – 9,5.
4. Hasan Ro'ziev (Toshkent) – 8,7.
5. Vladislav Ceytlin (Toshkent) – 9,1.
6. Temur To'xtasinov (Andijon) – 7,7.
7. SHerzod Qosimov (Toshkent) – 8,4.

12-turda ishlagan komissarlar
Farhod Magametov
Noil Lutfulin
Bobur Haydarov
Aleksey Frolov
Roman CHernikov
Valeriy Letkin
A. Xudoydotov

Neftchi (Farg'ona) – Lokomotiv (Toshkent) – 0:1. 4125 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent) – 8,9, B. Norsafarov (Qarshi) – 9,0, V. Lushin (Gulistan) – 9,0, I. Garmashov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Buxoro – Dinamo – 1:1. 15005 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,6, R. Samandarov (Navoiy) – 9,0, O. Jumaev (Navoiy) – 9,0, O. To'ychiboev (Toshkent) - 8
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Navbahor – Olmaliq  – 3:1. 15850 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent) – 9,5, R. Ilyosov (Toshkent) – 9,3, M. Saidqosimov (Toshkent) – 9,3, R. Tolibjonov (Farg'ona) - 9
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Nasaf – Mashal  – 4:2. 3021 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent) – 8,7, A. Usmonov (Toshkent) – 8,6, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,7, S.Sattorov (Qarshi) - 8
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Metallurg – Qizilqum  – 1:1. 1931 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent) – 9,1, T. Galeev (Toshkent) – 9,0, S. SHoyusupov (Toshkent) – 9,0, A. Jo'raxonov (Andijon) - 9
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

So'g'diyona – Paxtakor  – 0:1. 5365 tomoshabin.
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon) – 7,7, A. Po'latov (Toshkent) – 8,0, R. SHoyahmetov (Toshkent) – 8,3, D. Jalimov (Nukus) - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Xudoydotov.

Bunyodkor – Andijon  – 2:0. 681 tomoshabin.
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent) – 8,4, J. Saidov (Toshkent) – 8,2, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,4, D. Dosanov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика