So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Oliy liga. 10-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 10-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 10-tur bahslari yakuniga etdi. Gollarga boy uchrashuv Buxoroda qayd etildi.
“Mashal” bilan kechgan bahsda “Buxoro” 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu tur faqat bitta o'yinda durang qayd etildi. Yani, Qarshida bo'lib o'tgan “Nasaf” - “Paxtakor” qarama-qarshiligi 1:1 hisobida yakun topdi.

Saytimiz odatiga ko'ra, 10-tur ramziy termasini keltirib o'tamiz. Tur ramziy jamoasidan bu safar “Dinamo”, “Nasaf”, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Mashal” va “Neftchi” futbolchilari joy olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Navbahor”, “Buxoro” va “Andijon” klublaridan hech kim kiritilmadi.



DARVOZABON
Andrey Melnichuk (“Dinamo”)

10-turning eng yaxshi darvozaboni deb Andrey Melnichukni topdik. Garchi “Dinamo” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Melnichuk o'z ishini yaxshi bajardi. Lekin jarohat olib maydonni erta tark etgani chatoq bo'ldi.



HIMOYACHILAR
Hamza Karimov (“Nasaf”)
Akmal Rustamov (“Qizilqum”)
Akmal SHorahmedov (“Bunyodkor”)
Abduqahhor Hojiakbarov (“Olmaliq”)

Himoyachilardan Hamza Karimov, Akmal Rustamov, Akmal SHorahmedov va Abduqahhor Hojiakbarov yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Qizig'i shundaki, Karimov, Rustamov, SHorahmedov bu turda gol urishga muvaffaq bo'lishdi. “Olmaliq” vakili Hojiakbarov esa o'zining o'ng qanotida yaxshi harakat qildi.  



YARIM HIMOYACHILAR
Akbar Ismatullaev (“Paxtakor”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)
Erkin Boydullaev (“Nasaf”)

“Nasaf” maydoniga safar uyushtirgan “Paxtakor” Qarshidan bir ochko bilan qaytdi. Ushbu bellashuvda “paxtakorchilar”dan Iskanderov bilan Ismatullaev alohida ajralib turishdi. Akbar tayanch zonasida yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa, Iskanderov pleymeykerlik vazifasini bajardi va to'p kiritishga erishdi.



“Nasaf” tarkibida esa doimgidek Erkin Boydullaev yaxshi o'yin ko'rsatdi. “Loko”ning asosiy o'yinchilaridan biri Jasur Hasanov ham bu turda o'zini ko'rsata oldi. “Olmaliq” bilan kechgan bahsda jizzaxlik futbolchi burchak to'pidan to'g'ri darvoza to'rini ishg'ol qildi.



HUJUMCHILAR
Ro'zimboy Ahmedov (“Neftchi”)
Mo'ydin Mamazulumov (“Mashal”)

Nihoyat bu turda “Neftchi” chempionatdagi ikkinchi g'alabasini nishonladi. “Dinamo” bilan kechgan uchrashuvda yagona gol bahs oxirlarida Ro'zimboy Ahmedov tomonidan kiritildi. Natijada bu hujumchini tur ramziy termasiga kiritdik. “Mashal”ning yangi futbolchisi Mo'ydin Mamazulumov esa ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, o'yin davomida sheriklaridan ancha ajralib turdi.



BOSH MURABBIY
Aleksandr Xomyakov (“Mashal”)

Ramziy terma jamoaga bosh murabbiy deb “Mashal” ustozi Aleksandr Xomyakovni topdik. Safarda to'p surgan bo'lishiga qaramay, “Mashal” 4:0 hisobida “Buxoro”ni mag'lub etayotgandi, lekin keyinchalik maydon egalari uchta to'p kirita olishdi. Lekin “Mashal” g'alabani saqlab qola bildi va navbatdagi uch ochkosini qo'lga kiritdi. Umuman olganda “Mashal” joriy mavsum safarda ancha ishonchli harakat qilyapti. Jamoa hozircha mag'lub bo'lgani yo'q. Negadir uy uchrashuvlarida muborakliklarning hech omadi kelmayapti. CHempionat boshidan beri “gazchilar” uyda hatto gol ura olishgani yo'q. Ammo klub bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Muborakda yaxshi jamoani shakllantiryapti desak bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика