So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Oliy liga 1-tur. Qopqon, yangi stadion, Andijonda anshlag Yangiliklar

Oliy liga 1-tur. Qopqon, yangi stadion, Andijonda anshlag

SHanba va yakshanba kunlari oliy liganing 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Etiboringizga undagi qiziqarli voqealarni keltirib o'tamiz.
QOPQON
Oliy liga uchun alohida tayyorlangan saytimizda ilk turning barcha o'yinlarini tarkiblar bilan berdik. Ko'p hollarda bizdagi malumotlar OAVda manbasiz chiqib borishiga ko'nikib qoldik. Qitmirligimiz keldi. Bunda "So'g'diyona" - "Mashal" uchrashuvi bizga qo'l keldi. Avvaliga "So'g'diyona" tarkibida Suhrob Qobilovni Suhrob Odilov deb yozdik. Keyin "Mashal" tarkibini qaydnoma ketma-ketligida emas, “o'tdan-bo'tdan” qilib yozdik. Bu esa ish berdi, OAVda Qobilov emas Odilov, "Mashal" tarkibi esa xuddi bizning ketma-ketlikda joy oldi. Ham kulasam, ham mehnatingga achinasan.

NAGAEV
"Lokomotiv"ga 23-milliy chempionatdagi ilk uch ochkoni Ivan Nagaev keltirdi. Hujumchi 45-daqiqada "Navbahor" posbonini ojiz qoldirib yangi mavsumning birinchi golini urdi. Tabiiyki, ilk golni "Navbahor" darvozaboni Doniyor Usmonov o'tkazib yubordi.

ANDIJONDA ANSHLAG
"Neftchi" va "Navbahor"ning 2013 yilda uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazishi, "Andijon"ning quyi ligada qatnashishi, oliy liga muxlislari statistikasini ancha huvillatib qo'ygandi. Lekin 1-turdagi "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvini stadionda 18 221 nafar ishqiboz tomosha qildi. Yana 2 000 nafarga yaqin muxlis stadion oldida o'yinga kira olmay qolib ketdi.

OLMALIQDA YANGI STADION
Yakshanba kuni "Olmaliq" klubi uchun maxsus qurib bitkazilgan 12 000 tomoshabinga mo'ljallangan yangi stadionning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimiga tashrif buyurgan ishqibozlar ko'ngilochar tadbirlardan ham bahramand bo'ldilar.

YANA VOBKENT
Buxorodek shahri azimda shunday chiroyli stadion bo'lishiga qaramasdan, “Buxoro” uy uchrashuvini yana Vobkentda o'tkazdi. O'yin paytidaolingan fotosuratlarni ko'rib qo'rqib ketasan kishi. Kimdir aytganidek, “Buxoro” – “Neftchi” bahsi futbol maydonida emas, balki ekin eksa bo'ladigan dalada bo'lib o'tdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика