So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Oleg Zoteev: "Lokomotiv" bu yoshlarining nimalarga qodirligini ochib berishi kerak" Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Lokomotiv" bu yoshlarining nimalarga qodirligini ochib berishi kerak"

2023 yilgi mavsum arafasida "Lokomotiv"ga qaytgan Oleg Zoteev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Lokomotiv"ga qaytganimdan xursandman. Klub yangi loyiha tuzmoqchi. Barcha bilib turganidek, jamoada yosh futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Balki "Lokomotiv"ning Pro ligaga tushgani ham yaxshi bo'lgandir. CHunki ularni o'stirish, rivojlantirish uchun ushbu liga juda mos. Bu yil Pro ligani yutib, keyingi yilga boshqa vazifalarni belgilab olish kerak. 

Buni bir qadam ortga, ikki qadam oldinga desa ham bo'ladi. Ammo bu borada oldindan gapirish juda qiyin. Yilning birinchi yarmidan keyin xulosa chiqarish ham mumkin. 



- "Lokomotiv"dan ketganingizdagi va hozirgi tarkibni solishtiradigan bo'lsak, farq juda katta. Tarkibning yosharishi haqida qanday fikrdasiz?

- O'shanda "Lokomotiv"da deylik 20 futbolchi bo'lsa, shulardan 18 nafari termaga nomzod futbolchilar edi. Hozirgi paytda esa tarkibda ikki-uch nafar yoshi katta futbolchi bor. Qolgan barcha futbolchilar esa yoshlar, tajribasi, o'yin amaliyoti kam, katta o'yinlarni ko'rishmagan. Masalan, agarda jamoa Superligada qolganida bu yoshlarga imkoniyat kamroq berilardi. Pro liga orqali "Lokomotiv" bu yoshlarining nimalarga qodirligini ochib bera olishi kerak. Pro ligada bosim unchalik katta emas, bemalol o'ynasa bo'ladi. Albatta, barchasi ularning o'zlariga bog'liq. Biz yordamni ayamaymiz, doim qo'llab-quvvatlaymiz. Agarda futbolchilar o'z mahoratini ko'rsata olsa, keyingi yil balki Superligada ham asosiy tarkibda ko'proq o'yinga tushishi mumkin. Agarda Pro ligada bosim his qilsa, o'yinini ko'rsata olmasa, o'sha futbolchilar tarkibda qolmaydi. 



- Antaliya yig'inidan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Juda yaxshi yig'in bo'lyapti. Ko'p yillardan buyon bunday yig'inlarda qatnashaman. Hatto Superliganing bir qancha klublarida ham bunday yig'in bo'lmasa kerak. Yashash sharoitlari, mashg'ulot uchun maydonlar ajoyib. Ushbu yig'indan keyin Toshkentga qaytamiz va unda yana ikkita bosqich bo'ladi. Mart boshida futbolchilarning holati va o'yinlariga qarab yig'inlar qanday o'tganini ko'rsak bo'ladi. Ammo ayta olaman, yig'inlar juda zo'r o'tmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика