So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Oleg Tyulkin: Eng katta muammoimiz – gol ura olmayapmiz Yangiliklar

Oleg Tyulkin: Eng katta muammoimiz – gol ura olmayapmiz

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - Bunyodkor (0:2) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Oleg Pavlovich, navbatdagi muvaffaqiyatsizlikni qanday izohlaysiz?

- Bugun faqat g'alabani ko'zlagan edik, ammo Bunyodkor bizdan ustun ekanligini bugun ko'rsatdi. Bizda kurashuvchanlik etishmadi deb o'ylayman. Oddiy vaziyatlarda tajribasizlik ham pand berdi. Qolaversa, har ikki bo'lim boshidagi tezkor gollar jamoamizni ruhiy og'ir ahvolda qoldirdi. Eng katta muammoimiz – gol ura olmayapmiz. Vaziyatlar yaratayapmiz, ammo yakuniy nuqtani qo'ya olmayapmiz. Gol ura olmasak g'alaba qozonish, ochko yig'ish qiyin.

- Jamoa so'nggi bor 13-turda gol urgandi. Hech bo'lmasa murabbiylar tunnel yakunidagi yorug'likni ko'ra olishayaptimi, yani bu vaziyatdan chiqib ketish yo'llari bormi?


- Albatta, harakat qilayapmiz, mashg'ulotlarda tushuntirayapmiz. Aksariyat futbolchilarda oddiygina mahorat etishmayapti o'yin davomida. O'ylaymanki, yigitlar ham vaziyatni tushunib turishibdi.


- Vaziyatdan chiqib ketish uchun qanday choralar ko'rmoqchisiz?

- Qo'l ostimizdagi futbolchilarimiz bilan vaziyatni to'g'irlashimizga ishonaman.

- Jamoa gol ura olmayapti. Davralar oralig'ida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun golurar hujumchilarni taklif etish varianti yo'qmidi?


- Bilasiz, davralar oralig'ida o'yinimiz uchun muhim bo'lgan ijara asosidagi futbolchilarni o'z klublariga qaytarib berishga majbur bo'ldik. Ular o'yinimizga moslashgan edilar. SHundan keyin o'yinimizni bir maromda barqarorlashtira olmayapmiz. Yangi kelgan to'rt futbolchimizga esa to'liq kirishib ketish uchun vaqt kerak bo'layapti.

- Bugungi o'yin tarkibda rotaciya qilish lozimligini ko'rsatmoqda. Jarohat olgan futbolchilar, zaxiradan foydalanish, qolaversa Temur Jo'raev, Orif Mamajonovlar qachon safga qaytishadi?


- Keyingi o'yindayoq tarkibimizdan to'liq foydalana olamiz. Temur Jo'raev, Orif Mamajonovlar oilasida musibat bo'lgani uchun ularni qisqa vaqtga javob bergan edik. Keyingi So'g'diyona bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun ham mag'lubiyatga qaramay, stadionda bizni qo'llab turgan, bizga ishongan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика