So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  156 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

Oleg Marchuk: "Buxorodek buyuk shahar jamoasi Superligada bo'lishi kerak" Yangiliklar

Oleg Marchuk: "Buxorodek buyuk shahar jamoasi Superligada bo'lishi kerak"

Yangi mavsum oldidan "Buxoro" safiga qo'shilgan legioner futbolchi Oleg Marchuk bilan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Oleg, siz o'tgan yil O'zbekiston chempionati Pro-ligasidagi debyutingizni yomon o'tkazmadingiz. Aytingchi, moslashish qiyin kechmadimi, har holda siz uchun begona yurt?
- Yo'q, aslo! Qiyinchilik tug'dirmadi, meni yaxshi qabul qilishdi. Til masalasida ham muammo bo'lmadi, jamoadagi ko'p yigitlar rus tilida muloqot olib borishardi. Barchasi ajoyib edi.

- O'zbekiston va Ukraina futbol chempionatlarining farqi?

- Bu erda umuman boshqacha futbol, boshqacha tushunchalar. Lekin, baribir ham unchalik katta farq sezilmaydi. Aytishadiku, futbol bu oson o'yin, faqat uni o'ynay olish kerak.

- O'tgan mavsumda siz "Dinamo" jamoasi bilan Superliga yo'llanmasiga ega chiqdingiz, bu yil esa "Buxoro" jamoasiga ham xuddi shunday vazifa yuklatilgan, yani Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Ushbu vazifani yana takrorlashga ko'zingiz etadimi?

- Sizni yaxshi tushundim! Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Biz barchamiz bu erga, aynan shu maqsad uchun yig'ilganmiz, boshqa yo'limiz ham yo'q, astoydil mehnat qilgan jamoa, mavsum yakunida buni rohatini ham ko'radi. Maqsadimiz, o'z suyukli muxlislarimizga quvonchli damlarni tortiq qilib, Superliga yo'llanmasiga ega chiqish. Buxorodek buyuk shahar jamoasi Superligada bo'lishi kerak.




- Mavsumoldi tayyorgarlik qanday kechmoqda, jamoadagilar bilan chiqishib ketdingizmi?

- Yig'inlar yaxshi tashkillantirilgan, astoydil ter to'kyapmiz, hozirgi bosh murabbiy bilan o'tgan mavsumda ham birga ishlaganman, shu sababli mashg'ulotlarda unchalik katta farq sezmayapman. Yaxshi jamoa shakllanyapti, murabbiylar va futbolchilar meni yaxshi kutib olishdi, bu borada hech qandaym muammo ko'rmayapman.

- Ishqibozlar sizdan mazmunli va chiroyli o'yinlar kutmoqda. Ularga nima der edingiz?

- Ishqibozlardan yaxshi kunimizda ham yomon kunimizda ham faqat "Buxoro" bilan birga bo'lishlarini so'rardim, mana shu eng asosiysisi. G'alabalar esa, har doim hamrohimiz bo'lsin!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика