So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  1 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  5 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  4 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  6 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Oybek Qilichev: “Paxtakor"ning peshqadamligidan xursandman” Yangiliklar

Oybek Qilichev: “Paxtakor"ning peshqadamligidan xursandman”

"Paxtakor"ga tegishli bo'lgan Oybek Qilichev BAA chempionati vakili "Al SHaab"da ijarada o'ynadi. Toshkentga qaytib kelgan yarim himoyachidan bazi savollarga javob oldik.
- Oybek, “Al SHaab”dagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz? Jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Buning sababi nimada?
- Faoliyatimda birinchi marta xorij klubida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim. Bundan xursandman. CHunki boshqa futbol uslubi bilan tanishish, begona muhim va sharoitga moslashish keyinchalik asqotadi. SHu taraflari men uchun foydali bo'ldi. Afsuski, “Al SHaab” yuqori ligada o'rnini saqlab qola olmadi. Bu yaxshi emas. Bir qator o'yinlarda omadimiz kelmadi. Ustunlik qilgan paytlarimizda ham ochkolarni qo'ldan chiqardik. Bunda butun jamoa aybdor. G'alabada ham, mag'lubiyatda ham har bir futbolchi aybdor sanaladi. Imkon qadar murabbiy aytgan ko'rsatmalarini bajarishga intildik. Balki, mahalliy o'yinchilarning natija uchun unchalik qayg'urmasligi bunga sababdir. Jamoada shunday ediki, mahalliy futbolchilar uchun uchrashuv natijalarining farqi yo'q edi. Ular futbolni shunchaki zavq olish uchun o'ynashayotgandek taassurot qoldiradi. Lekin aynan shu holat salbiy natijalarga olib keldi deb aytmoqchi emasman. Avvalroq aytganimdek, bunda jamoadagi barchaning aybi bor.



- “Al SHaab” bilan tuzilgan ijara shartnomasi tugadimi?

- Hozircha yo'q. SHartnoma 30 iyunga qadar amal qiladi. SHu sababli hozircha bu muddat yakunlanishini kutaman. BAAda mavsum yakunlangani sababli Toshkentga qaytib keldim.

- Keyin “Paxtakor”da o'ynashni davom ettirasizmi?

- Bu masala hozircha to'la hal etilmadi. Agar jamoa rahbariyati faoliyatimni xorrij klubida davom ettirishimni aytsa, unda yana legioner maqomida qolaman. “Paxtakor”ga qaytishim zarurligini aytishsa, unda ikkinchi davradan yana qadrdon klubim uchun maydonga tushaman. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishliman. SHuning uchun rahbarlar qabul qilgan qarorga hurmat bilan qarayman.



- O'zbekiston chempionatidagi natijalarni kuzatib bordingizmi?
- Ha. Har bir tur natijalari, jamoalarning ko'rsatkichlarini internet orqali kuzatib bordim. “Paxtakor”ning bu yil chiroyli va hujumkor futbol namoyish etib, peshqadam bo'lib turgani meni ham xursand qilmasdan qo'ymadi. Avvalgi yillarda yoshlarga ishonch bildirilgandi. Bu esa o'z samarasini berishni boshladi. Klub akademiyasidan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan futbolchilar jamoaviy o'yinni kuchaytirib borishmoqda. CHempionlik uchun kurash o'tgan mavsumda bo'lganidek 4 jamoa o'rtasida kechsa kerak. “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Bunyodkor” qolgan jamoalardan saviya bo'yicha ustunroq.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика