So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Oybek Qilichev: “Eronda qiyinchiliklarga duch kelmayapman” Yangiliklar

Oybek Qilichev: “Eronda qiyinchiliklarga duch kelmayapman”

Bilasiz, oxirgi paytlarda futbolchilarimizning Eronga yo'l olayotgani haqidagi xabarlar tez-tez uchramoqda.
Masalan, “Paxtakor” yarim himoyachisi Oybek Qilichev keyingi faoliyatini aynan Eron chempionatida o'tkazishga qaror qildi. Iqtidorli o'yinchiga mahalliy “Paykon” jamoasidan taklif kelib tushgach, futbolchi u erga ketishga qaror qildi.

Ungacha Fozil Musaev bilan Ruslan Melziddinov ham fors yurtiga ko'chib o'tishgandi. Qilichev ham ular qatorida Eronda to'p suradigan bo'ldi. Suhbat davomida uning “Paykon” bilan bir yarim yilga mo'ljallangan shartnoma qo'l qo'yganligi malum bo'ldi.   

- Oybek, “Paykon” taklifi haqida birinchi bo'lib kimdan eshitdingiz?
- 29 dekabr kuni agentim orqali eshitdim. U menga Eronning “Paykon” klubi tomonidan qiziqish bo'layotganini aytdi.



- O'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdingiz va “Paxtakor” bilan chempionlikka erishdingiz. Bunday vaziyatda eronliklarning taklifini qabul qilishingiz o'ylantirib qo'ymadimi?
- Ha, boshida bu taklif ustida o'ylab ko'rdik. Keyin bu erga kelib jamoaning sharoitlari bilan yaqindan tanishishga qaror qildim. Ochig'i, “Paykon” jamoasi menga yoqib qoldi. 10 kun davomida mashg'ulotlarda qatnashgan bo'lsam u erdagi barcha bilan yaxshi munosabat o'rnata oldim. Bundan tashqari yaqin do'stim Fozil Musaev Eronning “Sepahon” klubi bilan shartnoma tuzgandi. SHuningdek, Ruslan Melziddinov ham faoliyatini shu chempionatda davom ettiradigan bo'ldi. Bahodir Nasimov esa bizdan oldin kelgan. SHuning uchun ham ushbu taklifni qabul qilishga jazm etdim.

- Tabiiyki, yangi jamoaga chempion futbolchi sifatida etib bordingiz. Bu esa sizga bo'lgan etiborni yanada oshirayotgan bo'lsa kerak?
- Ha, albatta. O'zingiz yaxshi bilasiz “Paxtakor” nomi bilan mashhur klub. Uni hamma joyda bilishadi. Umuman, u erda menga bo'lgan munosabat juda yaxshi.

- Oybek, “Paykon”da sizni o'ziga jalb qilgan dastlabki narsa nima bo'ldi?
- Bu men uchun yangi chaqiruv bo'lgani sababli o'zimni bu erda har tomonlama ko'rsatib o'zbek futbolining darajasi balandligini namoyish etib bermoqchiman.

- Oldin BAA chempionatida to'p surganingizni yaxshi bilamiz. Endi bo'lsa Erondasiz. Bu borada qanday farqlarni ko'ryapsiz?

- Farqini hali beri unchalik sezganim yo'q. Lekin bu erda futbol ancha qattiq va keskin kurashlarga boy tarzda o'tadi. Umuman aytganda, legioner bo'lish o'ynashning mushkulliklari bor.

- Bilamizki, Eronda jismonan baquvvat futbolchilarga alohida etibor qaratiladi. SHu jihatdan sizga qiyinchiliklar bo'lmasmikin?
- Ishonamanki, bunday bo'lmaydi. 10 kun ichida ikki marta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdik. Bu o'yinlar menga manzur bo'ldi. Nimagaki, men ham o'yinlar chog'ida ko'pincha qo'polliklar ishlatib turaman. 2-3 marta yaqqol o'yin qoidasini buzsam hakam sariq kartochkasini ham ko'rsatgani yo'q. 



- Bundan chiqdi, u erda qo'polliklarga u qadar jiddiy etibor berilmas ekanda? Yani, futbolchilar uchun erkinlik yaratilgan, shundaymi?

- Ha, shunday desa ham bo'ladi.

- “Paxtakor” yaqinda Osiyo CHempionlar ligasidagi ishtirokini boshlaydi. Nahotki, o'z jamoangiz bilan xalqaro maydonda to'p surish sizni qiziqtirmagan bo'lsa?!
- Albatta qiziqtirdi. Sizga shuni aytmoqchimanki, biz murabbiylar bilan maslahatlashgan holda ish tutdik. Qolaversa, o'zimni Eron chempionatida ham sinab ko'rgim keldi. Vaqti kelib yana o'z chempionatimizda o'ynashimga ulguraman. 

- Yangi jamoangiz Eron chempionatida o'rtamiyonalardan biri bo'lib turibdi. Qiziq, klub qanday maqsad uchun kurashyapti?
- Jamoa oldiga aniq maqsad qo'yilgan. Keyingi yili Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish asosiy vazifa qilib belgilandi.

- Sizningcha, nima uchun Eron chempionatida o'zbekistonlik futbolchilar soni ko'paymoqda? Buning sababi nimada?
- CHunki O'zbekiston futboli Osiyoda etakchilari qatorida etirof etiladi. SHuning uchun ham o'zbek o'yinchilariga takliflar bilan murojaat qilishyapti.

- Etiborlisi birdaniga bir qator futbolchilarimiz Eronga jo'nab ketishdi. Bu sizga ham qiziqmi?

- Yo'q, nega endi? Eron klublarini ham futbolga yanada qiziqtirishdan dalolat beradi.



- Bu erda Musaev, Nasimov kabi hamyurtlaringizga qarshi to'p surish sizga qanday tuyulyapti?
- Ha, bu haqida o'ylab ko'rdim. Menimcha, shu tomoni ham ancha qiziqarli ko'rinadi.

- Aytingchi, klub ichidagi muhit qanday?
- Hammasi yaxshi. Klubning ichki tizimini va undagi muhitni ko'rdim. Bu erda yaratilgan sharoitlar borasida nolishga hojat yo'q. Barchasi ko'ngildagidek degan bo'lardim.

- Darvoqe, Eronda til borasida muammoga duch kelmayapsizmi?
- Bilasiz, fors tili tojik tiliga o'xshashib ketadi. SHuning uchun eronliklarning so'zlashuvini tushunsa bo'ladi. Har xolda men ham tojik tilini bilaman. CHunki onam tojik. Bundan tashqari ingliz tilida ham gaplasha olaman. Eng qizig'i, yordamchi murabbiy rus tilida gaplashishni bilar ekan. SHuning uchun bu borada muammo bor deb o'ylamayman. Hammasi joyida. SHuningdek, jamoamdagilar mendan yurtimizda qaysi klublar chempionlik uchun kurashishini va ularning nomlarini so'rashdi. 

- U erga moslashishda ko'proq kim yordam beryapti?
- Men bundan oldin ham xorijda o'ynaganim uchun bu safar moslashishda qiyinchiliklarga duch kelmadim.

- Hozir qaerda istiqomat qilyapsiz?
- Ayni paytda shahardagi “Olimpik” mehmonxonasida yashayapman. Yaqin orada menga alohida uy ajratib berishmoqchi.

- Nima deb o'ylaysiz, Eron chempionati O'zbekiston chempionatidan kuchliroqmi?
- Bu haqida hozircha bir narsa ayta olmayman.

- “Paykon”ning yangi futbolchisi sifatida mahalliy jurnalistlar sizdan intervyu olishdimi?
- Hozircha hech kimga intervyu berganim yo'q. Bugun shartnomaga qo'l qo'ydim (suhbat 15 yanvarda bo'lgan).



- SHartnoma imzolashingiz biroz cho'zilib ketmadimi? Negaki, sizni yangi klubga qo'shilganingizda darhol imzo chekasiz deb o'ylagandik.

- “Paykon”ga borishim bilan dastlab tibbiy ko'rikdan o'tdim. Uning javoblari chiqquniga qadar jamoa boshqa yoqqa tayyorgarlik o'tish uchun jo'nab ketdi va tabiiyki men ham birga ketdim. Axir tibbiy ko'rikdan javoblari qachon chiqarkin deb kutib o'tirsam cport formamni yo'qotib qo'yishim mumkin edi. Yig'indan qaytib kelganimizdan keyin bir yarim yillik shartnomaga qo'l qo'ydim.

- Yig'inni qaerda o'tkazdinglar?
- Kish degan joyda. Dubayga yaqin ekan. Ammo Eron hududida joylashgan.

- Balki, Eron chempionati siz uchun oldinga tashlangan qadamdir?
- SHunday desa ham bo'ladi. Hammasi faqat Xudodan. O'zim esa harakat qilishda davom etaveraman. “Paykon”da mendan tashqari yana to'rtta legioner bor. Uchchalasi ham braziliyalik futbolchilardir. Ulardan biri Samuel bo'lib, u o'z vaqtida Angliyaning “Bolton” klubida to'p surgan. Yana bir o'yinchi bosniyalik. 

- Sir bo'lmasa, “Paxtakor”ga qaraganda, bu erda yaxshiroq haq to'lashadimi?
- Keling, bu sir bo'lib qo'ya qolsin.

- U erda yaqin do'stingiz kim?
- Asosan legioner futbolchilar bilan yaqin bo'lib qoldim.

- SHahar ham yoqdimi?
- Albatta shahar yoqdi, juda ajoyib. Texronda oldin ham bo'lganman.

- Yangi jamoangiz bilan muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilab qolamiz.
- Rahmat. Darvoqe, “Andijon”ni qachon kuchaytirishadi? Mening nomimdan uning ashaddiy muxlislariga salomimni etkazib qo'ying.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика