Oybek Nurboev "Dinamo"dan "Buxoro"ga ko'chib o'tdi
17 mar 2014 20:14
Yangiliklar


Oybek Nurboev "Dinamo"dan "Buxoro"ga ko'chib o'tdi
O'tgan yili Samarqandning Dinamo klubida o'ynagan Oybek Nurboevning katta extimol bilan bu yil ham ushbu klubda o'ynashi kutilgandi.
CHunki 26 yoshli himoyachi qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini aynan Ravshan Haydarov boshqaruvidagi "Dinamo"da o'tkazgandi. Bu jamoa transfer oynasining so'nggi kunlarida tajribali himoyachi Asror Aliqulovni o'z safiga qo'shib olganidan so'ng, surxondaryolik Nurboev "Buxoro"ga ko'chib o'tdi. Jamoa boshlig'i Alisher Rustamovning aytishicha, Oybek Nurboev buxoroliklar tomonidan to'liq sotib olingan.
Eslatib o'tamiz, Nurboev ilgari "Neftchi"da ham o'ynagandi.
Eslatib o'tamiz, Nurboev ilgari "Neftchi"da ham o'ynagandi.

Fikrlar