So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

OFK so'rovnomasi tugadi. Nesterov uchinchi bo'ldi Yangiliklar

OFK so'rovnomasi tugadi. Nesterov uchinchi bo'ldi

OFK sayti 2016 yilgi mavsum Osiyo chempionlar ligasiga bag'ishlab eng yaxshi darvozabonni aniqlash maqsadida so'rov o'tkazdi.

So'rovnomada besh nafar darvozabon ishtirok etdi. Bular - Xaled Eysa ("Al Ayn"), Muhammad Rashid Mazaheri ("Zobahan"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), SHusaku Nishikava ("Urava Reds") hamda Vedran Yanyetovich ("Sidney" FK). 

Mazkur so'rovnomada tajribali posbon Ignatiy Nesterov uchinchi o'rinni egalladi. So'rovda ishtirok etgan 42,446 muxlisdan 64 foizi eronlik darvozabonga ovoz bergan. Natijada Muhammad Rashid Mazaheri hech qanday raqobatsiz birinchi bo'ldi. 

BAA terma jamoasi darvozaboni Xaled Eysa 27 foiz ovoz yig'ib ikkinchi o'rinni egalladi. Ignatiy Nesterov esa 5 foiz ovoz bilan uchinchi bo'ldi. SHusaku Nishikava 3 foiz to'plab to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa, avstraliyalik darvozabon Vedran Yanyetovich 1 foiz ovoz bilan oxirgi o'rinda qoldi.


Endi darvozabonlarning 2016 yilgi OCHL ko'rsatkichlarini keltirib o'tsak:

Xalid Eysa ("Al Ayn") - 14 uchrashuv, -13 gol, 5ta quruq seriya

Muhammad Rashid Mazaheri ("Zobahan") - 8 o'yin, -5 gol, 5ta quruq seriya.

Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") - 10 o'yin, -5 gol, 5ta quruq seriya. 

SHusaku Nishikava ("Urava Reds") - 8 o'yin, -7 gol, 4ta quruq seriya. 

Vedran Yanyetovich ("Sidney" FK) - 8 o'yin, -7gol, 3ta quruq seriya.

Malumki, 2016 yil "Loko" uchun Osiyo chempionlar ligasidagi eng omadli mavsum hisoblanadi. "Temiryo'lchilar" shu yili chorak finalga qadar borib, Ignatiy Nesterov eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lgandi. 

Aytish mumkinki, o'sha yil "Lokomotiv" Eron klubi "Zobahan"ga nisbatan birmuncha yaxshi ishtirok etgan. Lekin eronlik darvozabonning birinchi o'rinni olishi kutilmagan holat emas.

Gap shundaki, OFK o'tkazadigan so'rovnomalarda eronlik muxlislar juda faol ishtirok etishadi. Agar so'rovda "Zobahan" darvozaboni emas, balki "Loko" bilan bir guruhda kurashib guruhdan chiqa olmagan "Sepaxon" darvozaboni bo'lganida ham baribir birni olardi.

CHunki OFK so'rovnomalarida ovoz berish bo'yicha Vetnam va Eron oldiga tushadigani yo'q. O'zbekistonlik muxlislar uchun esa baribir Ignatiy Nesterov birinchi raqamli bo'lib qolaveradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика