So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  0 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

OFK kubogi. "Mohun Bagan" bosh murabbiyi: "Nega SHomurodovning futbolkasini kiyib kelmadingiz?" Yangiliklar

OFK kubogi. "Mohun Bagan" bosh murabbiyi: "Nega SHomurodovning futbolkasini kiyib kelmadingiz?"

OFK kubogi doirasidagi "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Antonio Lopes Xabas va futbolchi Amrinder Singx ishtirok etdi.



"O'yin oldidan natija haqida umuman gapirmayman. Ertangi bahsda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", - deydi bosh murabbiy Antonio Lopes Xabas.

"Bu erda bizni iliq kutib olishgani uchun katta rahmat aytaman. Ertangi uchrashuvga yaxshi tayyorlandik deb o'ylayman. Bo'lajak bahsga Dubaydagi yig'in orqali tayyorlandik va ertaga o'zimizning yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz", - deydi futbolchi Amrinder Singx.




- 2014 yildan buyon shu klubda bosh murabbiy bo'lib ishlab kelayapsiz. Klubning yutuqlari nimalardan iborat, ispan futbolining qaysi jihatlarini olib kirdingiz?

- Bir narsani alohida takidlashni istardim, Hindiston futboli so'nggi yillarda ancha rivojlandi. Mahalliy Superliga kuchayishiga jiddiy etibor qilindi. Oxirgi paytlarda esa akademiyalarga urg'u qaratilmoqda. Biz ham shunga qarab ish olib borayapmiz.

- "Nasaf" haqidagi fikringiz qanday?

- Birinchi navbatda etibor qaratish kerak bo'lgan jihat bu "Nasaf"ning tashkiliy jihatdan yaxshi yo'lga qo'yilgan jamoa. Raqib to'g'risida ko'p ham gapirmagan bo'lardim. Ertangi bahsda ikkala jamoaning imkoniyati teng. Faqat bir narsani aytishim kerak: Bu bahs bitta o'yindan iborat va shu narsagina mezbonlarda kichkina ustunlik berishi mumkin.

- Bizdagi ob-havo Hindiston iqlimi bilan qanchalik farq qiladi va bu ertangi bahsga tasir qiladimi?

- Iqlim borasida muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. To'g'ri Hindistonda havo issiq. O'zbekistonda hozir biroz sovuqroq, ammo futbol o'ynash uchun qulay sharoit. Bu hech qanday muammo bo'lmaydi.




- Savol futbolchiga: Hindiston Superligasi mart oyida yakuniga etgan. Futbolchilar sport formasini qanday ushlab turishdi?

Amrinder Singx: - To'g'ri aytdingiz milliy chempionatimiz mart oyida yakunlangan. Ko'plab futbolchilar Hindiston terma jamoasida o'ynashdi, OFK kubogi bahslarida qatnashdik, undan keyin to'g'ri kichik tanaffus ham yuzaga keldi. Ertangi bahsga to'liq tayyormiz deya olaman.

- OFK kubogi guruh bosqichidagi o'yinlaringiz haqida nima deya olasiz?

- Markazlashgan holda o'tkazilgan guruh bosqichini anchagina yaxshi o'tkazdik. 2ta g'alaba va 1ta durang qayd etdik. Futbolchilar har bir o'yinda borini berib o'ynashdi. Guruh bosqichidan ko'nglim to'ldi. Ayni paytdagi bor etiborimiz ertangi bahsga qaratilgan va oldingi o'yinlar unutilgan.

- Ayrim murabbiylar hujumkor, ayrim murabbiylar himoyaviy o'yinni xush ko'rishadi. Siz qay birini xush ko'rasiz?

- Biz hujumkor yoki himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoa emasmiz. Biz balansni saqlaymiz, mavridi kelganda hujumga o'tamiz, mavridi kelganda yaxshi himoyalanamiz. G'alabalarni shunday o'yinimiz orqali qo'lga kirityapmiz.




- O'zbek futbolining Osiyo qitasidagi o'rnini qanday baholaysiz?

- Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish paytida "Nasaf"ga bor etiborimizni qaratdik. O'zbek futboli haqida to'liq malumotlarimiz yo'q.

- O'zbek klublari OCHLda qatnashib keladi...

- Nega SHomurodovni futbolkasini kiyib kelmadingiz? Nega "Milan" formasidasiz (kuladi). Men SHomurodovni yaxshi bilaman, yaxshi futbolchi.

- SHomurodovdan tashqari yana qaysi o'zbekistonlik futbolchilarni taniysiz? Ertaga "Nasaf"da aynan kimdan ko'proq xavf kutyapsiz?

- "Nasaf" safida ko'p futbolchilarni bilaman. Ismlarini talaffuz qilish qiyinroq. Markazda o'ynaydigan serbiyalik yarim himoyachi (Marko Stanoevich - championat.asia) va hujum chizig'ida o'ynaydigan milliy terma jamoaga nomzod futbolchi (Husayin Norchaev - championat.asia) menda yaxshi taassurot qoldirgan. "Nasaf" safida o'yinni hal qila oladigan futbolchilar ko'p, lekin bizning jamoada ham shunday o'yinchilar bor.

 


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика