OFK kubogi. "Kuala-Lumpur" "So'g'diyona"ning Hududlararo finaldagi raqibiga aylandi
07 sen 2022 20:28
Yangiliklar
OFK kubogi. "Kuala-Lumpur" "So'g'diyona"ning Hududlararo finaldagi raqibiga aylandi
Murosasiz kechgan uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Paulo Joze hisobni ochdi. O'yin yakunlanish arafasida, aniqrog'i, 90-daqiqada Molla hisobni tenglashtirib, intrigani qaytardi. Biroq uning quvonchi 2 daqiqa davom etdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida dastlab Sidde, so'ngra 90+5 daqiqada Morales raqib darvozasiga to'p kiritib, malayziyaliklarni keyinga bosqichga olib chiqdi.
"Moxun-Bagan" — "Kuala-Lumpur" 1:3
Gollar: Paulo Joze, 60 (0:1), Molla, 90 (1:1), Sidde, 90+2 (1:2), Morales, 90+5 (1:3)
SHu tariqa, OFK Kubogi hududlararo finali Jizzaxda, "So'g'diyona" va "Kuala-Lumpur" ishtirokida o'tkaziladi. Mazkur bahs 5 oktyabr kuni boshlanadi. Mazkur juftlik g'olibi musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar