So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

OFK BAAning "Al Nasr" klubi va futbolchi Vanderleyni jazoladi Yangiliklar

OFK BAAning "Al Nasr" klubi va futbolchi Vanderleyni jazoladi

Teglar :  Al NasrVanderley
OFK tartib-intizom qo'mitasi kecha BAAning "Al Nasr" klubi tutgan nomaqbul ish yuzasidan qaror chiqardi.

Malumki, Dubay klubi vakillari braziliyalik futbolchi Vanderleyni OCHLda Osiyo vakili (indoneziyalik futbolchi) sifatida ro'yxatdan o'tkazib uni maydonga tushirishgandi.

Bu esa qonunga xilof sanaladi. SHu bois OFK tartib-intizom qo'mitasi mazkur ishni atroflicha o'rganib chiqib quyidagicha qarorga keldi:

1. Futbolchi Vanderley uch oy maydonga tusha olmaydi;
2. U 10 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi;
3. "Al Nasr" klubiga 50 ming AQSH dollari miqdorida jarima solindi;
4. "Al Nasr" bu mavsum OCHLda ishlab topgan barcha mukofot pullarini OFKga qaytarib beradi (340 ming AQSH dollari);
5. Klub kelasi yil OCHLga chiqqan taqdirda ham ushbu musobaqada ishtirok eta olmaydi ("Al Nasr" ushbu mavsum yakunlariga ko'ra, OCHL-2017ga yo'l ola bilmagan, bu degani 2018 yilgi musobaqada ham qatnasha olmaydi).

Malumki, "Al Nasr" 24 avgust kuni o'tkazilgan OCHL doirasidagi "Al Jayish" bilan birinchi o'yinda yirik hisobda g'alaba qozongan va yangi futbolchi Vanderley uchta gol urgandi. O'shanda Vanderley indoneziyalik futbolchi sifatida "Al Nasr" tarkibida maydonga tushgan, bu esa OFKning legionerlar bo'yicha 3+1 limitiga hech qanday "tasir" o'tkazmagandi.

Mana endi baribir jinoyat jazosiz qolmadi va tashkilot BAA klubi hamda uning futbolchisini munosib tarzda jazoladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика