So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  23 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  11 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  4

O'FFda ko'pchilik kutgan yana bir istefo Yangiliklar

O'FFda ko'pchilik kutgan yana bir istefo

Teglar :  O'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasining tarkibiy tuzilmasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar doirasida xalqaro bo'lim tubdan isloh qilindi.

Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar berdi. SHu paytgacha xalqaro bo'lim boshlig'i sifatida ishlab kelgan Aleksandr Davidenko va uning yordamchisi SHerzod Egamberdievlar o'z lavozimidan ozod etildi. Qayd etib o'tish joiz, SHerzod Egamberdiev o'zining feysbukdagi sahifasida yozgan postlari sabab keskin tanqidlarga uchragan edi. Masalan, Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga haykal qo'yish kerakli haqida yozgan, shuningdek jurnalistlarni "qishloqi" deb atagan ham aynan u bo'ladi. To'g'ri, keyinchalik o'sha posti uchun rasman uzr so'ragan.

Xalqaro aloqalar boshqarmasi sifatida yangi tashkil qilingan strukturaga Olim Arifov rahbarlik qiladigan bo'ldi.  

Malumot uchun: Olim Arifov 1987 yilda Toshkentda tug'ilgan. O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tamomlagan. O'zbekiston Futbol Federaciyasida 10 yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. Ingliz, rus va o'zbek tillarida erkin so'zlasha oladi.

Olim Arifovning yordamchisi sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan sport federaciyalarida ishlab kelgan Diyor Isomiddinov ish boshladi.

Hozirgi kunda xalqaro aloqalar boshqarmasining boshqa lavozimlariga ham yangi nomzodlar ko'rib chiqilmoqda.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика