So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

O'FFda hisobot-saylov konferenciya LIVE Yangiliklar

O'FFda hisobot-saylov konferenciya LIVE

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasida tashkilot nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.


Tadbir boshlanish arafasida.

Toshkentdagi "Radisson BLU" mehmonxonasida O'FF hisobot-saylov konferenciyasi boshlanmoqda. Soat 10:00ga qadar mehmonlarni ro'yxatga olish jarayoni bo'lib o'tadi.

Deyarli barcha mehmonlar ayni paytda "Radisson BLU" mehmonxonasiga etib kelishgan. Oliy liga klub vakillari, murabbiylar, rahbariyat, viloyat federaciyalari ham shu erda.

9:30. Tadbirdan avval kofe-breyk bo'lmoqda. 

9:45. Mehmonlar konferenciya zaliga kirishni boshlashdi.

9:50. Zal mehmonlar bilan to'ldi. Yana bir ozdan so'ng konferenciya boshlanadi.


"Andijon" va "Neftchi" muxlislariga "salom", deb nomlangan rasm...

SHota Arveladze qaerga kelib qolganini tushunmayotgandek...


10:05. Hali konferenciya boshlangani yo'q. Hamma konferenciyani kutmoqda. Aytgancha, hali O'FF prezidentligi uchun nomzodlar elon qilingani yo'q. Kutyapmiz...

10:11. Mirabror Usmonov, Umid Ahmadjonov, Bobur SHodiev, Rustam Qurbonov, Oybek Qosimov, Murod Aliev zalga kirib kelishdi. Endi tadbir boshlanmoqda.

10:15. O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev tadbirni boshlab bermoqda. Tadbirga FIFA va OFKdan ham vakillar kelishganini Rahmatullaev aytib o'tmoqda. Mehmonlar esa qarsaklar bilan ularni kutib olishmoqda.

10:17. Konferenciya rasman ochiq deb elon qilindi.

Sardor Rahmatullaev: Saylov konferenciyasida 80 nafar delegat bo'lishi lozim, bugun 76 nafar delegat kelgan. 4 nafar delegat uzrli sabablarga ko'ra, kela olmadi.

O'FF revizion komissiyasi raisi Musaev G'ulomjon Karimovich nutq so'zlamoqda. U buxgalterlik balansi, daromad va xarajatlar haqida malumot beradi. Musaev federaciya ishini moliyaviy jihatdan ijobiy baholadi.

Buxoro viloyati Futbol Federaciyasi vice-prezident nutq so'zlamoqda. Buxoro FF vice-prezidenti Mirabror Usmonovga katta rahmat dedi. Keyingi prezident ham Buxoroga etibor qaratishini xohlardim, deya qo'shimcha qildi.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev nuqt so'zlamoqda. Berdiev "Nasaf" klubi nomidan Mirabror Usmonovga alohida tashakkur bildirmoqda. Berdievning aytishicha, murabbiylar va futbolchilar har doim Mirabror Usmonovning ishonchini his etib kelishgan. Berdiev shuningdek, o'zgarishlar kutilayotgani haqida gapirib, yangi keladigan prezidentga omad tiladi. Berdiev yangi rahbar halol ishlashini xohlashini aytib o'tdi.

O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov nutq so'zlamoqda. Narimon Jalolov Mirabror Usmonovning manziliga bir qancha iliq fikrlarni bildirmoqda. Qilgan ishlari va mehnatlarini alohida takidlab, Usmonovga rahmat aytmoqda. Narimon Jalolov bu so'zlarni shunchaki yaxshi ko'rinish maqsadida aytmayotganini, yani men laganbardor emasman, deb qo'shimcha qildi.

O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan ko'rinmadi.

Konferenciya endi eng asosiy mavzuga yaqinlashdi. Yangi prezident saylanadi.


O'FF prezidentiligi nomzod sifatida ko'rsatilgan yagona inson - Umid Ahmadjonov ekanligini elon qilindi. Unga ovoz berish jarayonini boshlandi. Barcha bir ovozda "ha", degan javobni berdi. O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Umid Ahmadjonovni O'FF prezidenti bo'lganligi bilan tabrikladi. Zalda qarsaklar...


Murod Aliev so'zga chiqib, Umid Ahmadjonovni sport odami ekanligini, u bilan ko'p yillar birga ishlagani va uning salohiyatiga ishonch bildirayotganini takidlamoqda. Alievning aytishicha, Ahmadjonov bilan futbol sohasida yangi marralarni, yangi yutuqlarni qo'lga kiritish mumkin.

So'zga O'FF futbol federaciyasining yangi prezidenti - Umid Ahmadjonov chiqdi.


Umid Ahmadjonov: "Avvalambor ishonch bildirganingiz uchun rahmat aytaman. O'zbek futbolini ko'tarishga vada beraman. O'zbekiston prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev rahnamoligida futbolimizni ko'tarishga harakat qilamiz".


O'FFning yangi vice-prezidentlari:
Ramatov Achilbay Jumaniyozovich
Bobojonov Po'lat Razzaqovich
Isroilov SHoakram Xolmatovich

To'lagan Isoqov O'FF tarkibiga faxriylardan Narimon Jalolovni qo'shishlarini talab qildi. To'lagan Isoqov faxriylarni nazardan chetda qoldirmasligini so'rab, prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning faxriylarni qo'llab-quvvatlash, ulardan doim maslahat olish kerak, degan gaplarini keltirib, O'FFga kichik etiroz bildirdi.

Uning iltimosi va talabi esa inobatga olindi. Narimon Jalolov esa O'FFning ijroqo'm azoligiga kiritildi.

O'FFning yangi rahbariyati bilan tanishing:

O'FF prezidenti:
Ahmadjon Umid Mahamatjonovich

O'FF vice-prezidenti:
Ramatov Achilbay Jumaniyozovich
Bobojonov Po'lat Razzaqovich
Isroilov SHoakram Xolmatovich

O'FF ijroqo'm azolari:
Qurbonov Rustam Javdatovich
SHodiev Bobur Qobulovich
Aliev Murod Boqievich
Rajabov Mansur Qo'chqorovich
Yarashev Komil Dehqonovich
Jalolov Narimon Jalolovich

O'FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonov nutq so'zlamoqda.


Mirabror Usmonov barchaning tinglaganini aytdi va hamma futbol haqidagi yutuqlarni sanab o'tganini aytib, ularga etiroz tarzida gapirdi. Kamchiliklar juda ko'pligini qo'shimcha qildi. Usmonov O'FF prezidentligiga kelganida terma jamoani mundialga olib chiqishga vada bermaganini aytib o'tdi. CHunki kelgan payt futbolimizda poydevor bo'lmaganini takidladi. Mirabror Usmonov yangi kelgan rahbariyatga tanqiddan qochmasligini va tanqidlarga doim quloq tutish lozimligini alohida maslahat berdi. Jurnalistlar doim to'g'ri tanqid qilishi, ularni eshitish kerakligini aytdi. Tanqidlarni ham har-xili bo'lishi va ularni ko'pi asosan to'g'ri tanqid bo'lishini aytib o'tdi, Mirabror Usmonov. Ishlagan odamni tanqid qilishadi, hech nima qo'lidan kelmaydigan, ish qilmaydigan odamlarni esa hech kim eslamasligini takidladi.

Usmonovning aytishicha, uning bir armoni bor, yani terma jamoamizni Jahon chempionatiga chiqishini istashini malum qildi.

Nutq so'zlash navbati Rustam Qurbonovga keldi. Qurbonov bazi muammo va kamchiliklar haqida to'xtaldi. Ayniqsa viloyatdagi futbol internatlari, maktablari, xususan bolalar futbolidagi kamchiliklar haqida gapirib o'tdi.

Tadbir so'nggida Sport Qo'mitasi nomidan Rustam Qurbonov Mirabror Usmonovga milliy ananalarimizga muvofiq zarbof to'n kiydirdi.


11:10. O'FF hisobot-konferenciyasi rasman yakunlandi.


YANGILASH

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика