So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

O'FF Terma jamoalar markazida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FF Terma jamoalar markazida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

18 aprel kuni O'FF Terma jamoalar markazida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'FF Terma jamoalar markazi barcha bo'limi boshliqlari va milliy terma jamoalar murabbiylari ishtirok etgan yig'ilishda 2014 yilgi musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoalar oldiga qo'yilgan vazifalar muhokama qilindi.

Jumladan, barcha yoshdagi terma jamoalarning muhim musobaqalarga etarlicha tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha etarli shart-sharoitlar yaratilishi, yig'inlar tashkil etilishi va muhim musobaqalar oldidan ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida reja ishlab chiqildi. Unga ko'ra, O'FF Terma jamolar markazi xalqaro bo'limi, terma jamoalarimizning musobaqalardagi raqiblarini o'rganish, terma jamoalar uchun o'rtoqlik uchrashuvlariga raqib topish va ular bilan muzokaralar o'tkazish haqida ko'rsatma oldilar.

Yig'ilishda shuningdek, respublikaning barcha mintaqalarida faoliyat olib boradigan barcha selekcioner murabbiylar ham, terma jamoalar uchun munosib nomzodlarni kuzatishi uchun reja alohida ishlab chiqildi.

Malumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasi sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati (U-16) final bosqichid ishtirok etsa, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi o'z toifasida shu yilning oktyabr oyida Myanmada o'tkaziladigan Osiyo CHempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.

Sentyabr oyida shuningdek, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo O'yinlari o'tkaziladi. Mazkur musobaqada 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика