O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida qatnashadi
27 noy 2017 20:53
Yangiliklar
O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida qatnashadi
Ushbu marosimda Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi, shuningdek, eng yaxshi murabbiylar aniqlanadi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag'ishlangan AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida qatnashish uchun Tayland poytaxti Bangkok shahriga boradi.
Bangkokka tashrifi davomida Umid Ahmadjonov FIFA Prezidenti Janni Infantino hamda OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Xalifa bilan uchrashib, o'zbek futboli ravnaqi yo'lidagi chora-tadbirlar bo'yicha muhokamalar o'tkazishi ko'zda tutilgan. SHayx Salmon bin Xalifa Bangkokdagi marosimdan so'ng yurtimizga tashrif buyuradi. Avval xabar berilganidek, u 4 dekabr kuni "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi Kubok finalini bevosita stadiondan kuzatib boradi.
Eslatib o'tamiz, bu yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun Vu Ley (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Umar Abdulrahmon (“Al-Ayn”, BAA) va suriyalik Umar Harbin (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni ) asoiy davogar.
Eng yaxshi ayol futbolchi bo'lishga nomzodlar orasida esa avstraliyalik Samanta Kerr, shimoliy koreyalik Sung Xyang-Sim va yaponiyalik Saki Kumagilar bor.
Fikrlar