So’nggi yangiliklar

14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  30 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  28

O'FF Prezidenti O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvidan avval terma jamoa delegaciyasiga xat yo'lladi Yangiliklar

O'FF Prezidenti O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvidan avval terma jamoa delegaciyasiga xat yo'lladi

Xabaringiz bor, kecha 52 nafar hamyurtimiz bevaqt hayotdan ko'z yumdilar.

SHu munosabat bilan, o'yindan avval echinish xonasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining video operatori Jamoliddin Solixov tomonidan, O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yo'llangan xat o'qib eshittirildi.

Hurmatli futbolchilar va murabbiylar!
Kecha 52 kishini o'z bag'riga olib, Rossiyaga yo'l olgan avtobus halokatga uchradi va oqibatda fuqarolarimiz ayanchli tarzda halok bo'ldilar. Buni bilgan bo'lishingiz kerak! Ayni paytda O'zbekistonda barcha vafot etganlar xotirasiga duolar o'qilayapti.

Sizlarga shu narsani aytaman, bugun g'alaba kozonib, alamda qolgan o'zbek xalqiga quvonch ulashing. Qarang, Sizni egningiz but, qorningiz to'q. Barcha sharoitlar yaratilgan. Hayot taqozosi bilan ular o'zga yurtga yo'l oldidar va... SHuning uchun ham Siz o'zingizdagi sharoitga doim shukurli bo'ling, uni oqlang!

Avvalgi uch o'yiningizni ko'rdim. Qiynaldinglar, menimcha yanada yaxshi harakat qila olasizlar. Taylanddagi o'yinlarni sog'indik, ketishdan oldin maqtagan o'zbek o'g'lonlari, ko'rsating o'zingizni! Bugun barchaning nigohi sizlarga qaratiladi. Xalqni xursand qilishga bugun hammadan ham Sizlarda imkoniyat ko'p. Kechagi kundagi ko'ngil g'ashligini birgina g'alaba bilan taskin berish imkoniyati bugun Sizlarda mavjud.
O'sha avtobusda ketayotganlar ichida aniq ishonamanki o'zbek futboliga befarq bo'lmaganlari ham ancha bo'lgan. Vafot etganlar hurmati, bugun g'alaba qozoning, iltimos Sizlardan!

O'FF Prezidenti, Umid Ahmadjonov.

Reyting: +197   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика