So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

O'FF prezidenti Jizzaxdan so'ng Farg'onaga boradi Yangiliklar

O'FF prezidenti Jizzaxdan so'ng Farg'onaga boradi

Xabaringiz bor, 5 yanvar kuni O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax shahriga tashrif buyurdi va maxsus ishchi guruh hamrohligida Jizzax viloyati Futbol federaciyasidagi umumiy holat bilan tanishdi.

SHundan so'ng, ushbu tashrif yakuniga ko'ra, tegishli xulosalar qilindi.

Malumki, yangi mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbol klublarining professionallik darajasini oshirish uchun klublar oldiga jiddiy talablar qo'yilmoqda.  Ushbu talablarni bajarish uchun 1 fevralga qadar muhlat berilgan bo'lib, talablarni bajarmagan klublar milliy chempionatda ishtirok eta olmaydi. O'FF tomonidan viloyatlardagi holat doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida O'FF maxsus delegaciya tomonidan yana bir tashrif amalga oshiriladi.  12 yanvar kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Farg'ona viloyati Futbol federaciyasidagi umumiy holatni o'rganish uchun Farg'ona shahriga tashrif buyuradi.

Tashrif mobaynida delegaciya Farg'ona viloyati Futbol federaciya tomonidan qilinayotgan ishlar bilan tanishadi. O'FF tomonidan Farg'ona viloyati FFda faoliyat olib borayotgan kadrlar ishi ko'rib chiqiladi.


SHuningdek, tashrif chog'ida mamlakatimiz klublari qoshidagi akademiyalardagi bolalar va o'smirlar bilan shug'ullanish uchun yo'nalishga xorijlik murabbiylarni jalb qilish masalasi yana bir bor ko'tariladi.

Takidlash kerak, tashrif davomida “Neftchi” pfk o'quv-yig'in bazasi hamda klub akademiyasi faoliyatini bilan tanishiladi. Farg'ona shahridagi “Istiqlol” futbol klubi stadioniga tashrif buyuriladi. SHahardagi Olimpiya zahiralari kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishiladi. Bundan tashqari, Quvasoy shahridagi “Cementchi” pfk o'quv-yig'in bazasiga tashrif amalga oshiriladi.

Viloyatga tashrif davomida Farg'ona viloyati Futbol federaciyasi matbuot xizmati ishini yo'lga qo'yish va muxlislar bilan ishlash bo'yicha yangi loyihalarni ko'rib chiqish kabi bir qator masalalar ham muhokama etiladi.

Farg'ona viloyatidagi umumiy ahvol o'rganilgach tegishli xulosalar qilinadi. Takidlash kerak, O'zbekiston Futbol federaciyasi prezidenti tomonidan bunday tashriflar barcha viloyatlar bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика