So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

O'FF prezidenti 5 yanvar kuni Jizzax viloyatiga boradi Yangiliklar

O'FF prezidenti 5 yanvar kuni Jizzax viloyatiga boradi

Xabaringiz bor, yangi mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbol klublarining professionallik darajasini oshirish uchun klublar oldiga jiddiy talablar qo'yilmoqda.

Ushbu talablarni bajarish uchun 1 fevralga qadar muhlat berilgan bo'lib, talablarni bajarmagan klublar milliy chempionatda ishtirok eta olmaydi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan viloyatlardagi holat doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Ertaga 5 yanvar kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Jizzax viloyati Futbol federaciyasidagi umumiy holatni o'rganish uchun Jizzax shahriga tashrif buyuradi.

Ular Jizzax viloyatida federaciya tomonidan qo'yilgan talablarni bajarish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishadi.

Hududlarni o'rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat qaratiladi:

-hududiy bolalar va o'smirlar futbol maktablari va futbol klublarining infratuzilmalari, u erdagi shart-sharoitlar;
-ayollar futboli va mini futbol rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
-moliyaviy va kadrlar bo'yicha masalalar;
-musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish jarayonida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar;
-murabbiylarni o'qitish va ularning malakasini oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar;
-OAV va jamoatchilik, shu jumladan, muxlislar bilan ishlash jarayoni.

Jizzax viloyatidagi umumiy ahvol o'rganilgach tegishli xulosalar qilinadi. SHaxsan O'zbekiston Futbol federaciyasi prezidenti tomonidan bunday tekshiruvlar barcha viloyatlar bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика