So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  11 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

O'FF muzokara olib borayotgan mutaxassislar aniq: Bilich, Maccari, Van Marveyk... Yangiliklar

O'FF muzokara olib borayotgan mutaxassislar aniq: Bilich, Maccari, Van Marveyk...

Teglar :  O'zbekiston MTJO'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasi O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo'yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ular qatorida murabbiylik faoliyati davomida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku hamda Franciya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko'plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassislar mavjud.

SHuningdek, Toshkentning “Paxtakor” hamda Moskvaning “Dinamo” kabi klublaridagi faoliyati orqali o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatorida.

SHu bilan birga, italiyalik 52 yoshli murabbiy Andjelio Alessio (“Napoli”, “Yuventus”, “CHelsi” klublari va  Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan), germaniyalik 54 yoshli Bernd SHtork (“SHtutgart”, “Volfsburg”, “Borussiya” Dortmund klublari, shuningdek, Qozog'iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan) va xorvatiyalik Branko Ivankovich (Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, “Al-Ittifoq”, “Al-Vahda”, “Persepolis” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan) bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.  

Bundan tashqari, Angliyaning “Vest Xem” klubi sobiq murabbiyi Slaven Bilich, “Napoli”, “Inter”, “Uotford” kabi klublarni boshqargan italiyalik 56 yoshli mutaxassis Valter Maccari, “Feyenoord”, “Borussiya” Dortmund, “Gamburg” klublari va Gollandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk ham muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjud.

Reyting: +120   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика