So’nggi yangiliklar

11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  11 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1

O'FAda Superliga yakunlari bo'yicha klublar vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda Superliga yakunlari bo'yicha klublar vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol associaciyasining majlislar zalida O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov raisligida 2021 yilgi mavsum yakunlari va keyingi yilgi mavsum rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda milliy chempionatimizda to'p surayotgan klublarning bosh murabbiylari, jismoniy tayyorgarlik va ilmiy-metodik tahlil bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi. O'FA rahbari futbolchilarning betartib transferlar natijasida doimiy klublarni almashtirishi, bunda o'sish va yuqori natija qayd etish asosiy maqsad bo'lmayotganligini tanqid ostiga oldi. Masullarga keyingi mavsumdan transferlar jarayonini qattiq nazorat ostiga olinish topshirig'i berildi. SHuningdek legionerlarni olib kelishda ularning darajasi va saviyasiga alohida etibor qaratilishi kerakligi takidlandi.

Superliganing so'ngi o'yinlari murosasiz bahslarga boy tarzda o'tganligi, kuchli uchlik uchun kechgan raqobat oxirgi turgacha saqlanib qolganligi, adolat principlariga rioya etish yo'lida barcha harakatlar amalga oshirilgani takidlandi. Abdusalom Azizov keyingi mavsumda ishtirok etadigan klublar soni o'zgartirilmasligi, barcha rejalar reglament asosida tashkil etilishini malum qildi. Yangi mavsumdan boshlab klublar uchun bir qator standartlar joriy etilishi, xususan, futbolchilar uchun jismoniy tayyorgarlikning minimal darajasi talablari belgilanishi va maydonlar holati qatiy nazorat ostiga olinishini aytdi. 

Klub akademiyalari va ayollar futbolini rivojlantirishga ham tizimli va sifatli yondashish talabi qo'yildi.

Klublar tomonidan sarflanayotgan mablag'larni aynan futbol infratuzilmasini bosqichma bosqich rivojlantirish uchun maqsadli yo'naltirish zarurligini takidlab o'tdi. 

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov yuqori darajadagi futbolchilar etishtirishda muhim bo'lgan jihatlar, xususan sport tibbiyoti, vitaminizaciya nutriciologiya, zamonaviy sport texnologiyalaridan samarali foydalanish va bu yo'lda mutaxassislarni tayyorlash, murabbiylar talimi masalalarida taklif va tavsiyalar berdi.

Kun tartibidagi masalalardan O'zbekiston chempionati-2022 musobaqalari reglamentiga Superliga o'yinchilarining jismoniy tayyorgarligiga minimal talablarni joriy etish mavzusi muhokama qilindi. Bu o'z navbatida natija va ko'rsatkichlarga ijobiy tasir qilishi, bunday tahlil zamonaviy futbol talabi ekani etirof etildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham so'z olib, futbol sport turlari ichida eng ko'p energiya talab qilishi, shu sababli futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash birinchi galdagi vazifa ekanligini aytdi. Futbolchilarga beriladigan yuklamalarni doimiy ravishda nazorat ostida ushlash, bu borada klublarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha tajriba ega mutaxassislar faoliyat yuritishini tashkil etish kerakligini qo'shimcha qildi. 

SHuningdek, yig'ilishda Superliga murabbiylari bir qator muammoli vaziyatlarga o'z takliflarini bildirib o'tishdi. O'FA rahbariyati ushbu muammolar echimida jamoalarga yordam ko'rsatishini malum qildi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика